So’nggi yangiliklar

12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0

14 iyu 15:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Topuriya Maxachev bilan jang uchun dahshatli summa so'ragan ekan

Ispaniyalik aralash yakkakurash ustasining UFC Freedom 250 bayram turnirining asosiy jangi bo'lmay qolgan Islam Maxachevga qarshi to'qnashuvdan qancha gonorar olmoqchi bo'lgani ochiqlandi.

Iliya Topuriya rossiyalik bilan jangni 20 million dollarga baholagan. Bu haqda Islam Adam Zubayraevga bergan intervyusida dunyoning eng kuchli ligasi ushbu jangni tashkil etishga urinayotgani haqida gapirib berdi.

"Menga qo'ng'iroq qilishdi, jang taklif etildi - men rozi bo'ldim. Ertasi kuni qayta qo'ng'iroq qilib, Iliya Topuriya 20 million dollar xohlaganini, rad etilganini va jang bekor qilinganini aytishdi", - dedi yarim o'rta vazn toifasidagi amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev.

Natijada "El Matador"ning raqibi divizionning vaqtinchalik chempioni amerikalik Jastin Getji deb elon qilindi. U ertaga tongda Amerika mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirining asosiy voqeasida Topuriyaga qarshi oktagonga chiqadi. 

Islam Maxachev esa 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda. U erda yarim o'rta vazn toifasining eng yaxshi jangchilaridan biriga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi. Hozircha raqib nomi rasman elon qilinmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing