01 iyu 13:56
Yangiliklar
To'rt nafar erkin kurashchimiz Osiyo chempionatida shohsupaga ko'tarildi
Musobaqaning navbatdagi kuni erkin kurash bo'yicha bellashuvlar tashkil etilib, 4 nafar polvonimiz sovrindorlar safidan joy oldi. 61 kg vazn toifasida kurashgan Behruzbey Turonmurodov kumush medal sohibiga aylandi. U final bahsida qozog'istonlik Merey Bazarbaevga 8:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eng og'ir vazn (125 kg) toifasidagi erkin kurashchimiz Namoz Abdurashidov ham finalgacha mag'lubiyatsiz etib bordi. U oltin medal uchun kechgan bellashuvda hindistonlik raqibiga yutqazib qo'ydi.
Osiyo chempionatining bronza medallari Zafarbek Otaxonov (-74 kg) va Muhammadqodir Qo'ldoshev (-65 kg)ga nasib etdi. Otaxonov bronza uchun kechgan uchrashuvda mo'g'ulistonlik Batbayar Batsukhni 6:1, Qo'ldoshev esa qozog'istonlik Bekzat Eermekbayni 4:1 hisobida taslim etdi.
Fikrlar