07 apr 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA
To'rt nafar o'zbekistonlik bokschi Osiyo chempionati finaliga yo'l oldi
Boks bo'yicha Mo'g'ulistonda o'tayotgan Osiyo chempionatida yarim final bellashuvlari yakunlandi.
Bugun ringga ko'tarilgan 6 nafar bokschimizning 4 tasi g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-57 kg: Nigina O'ktamova – Jasmin (Hindiston) 2:3
-75 kg: Javohir Abdurahimov – Akash (Hindiston) 4:1
-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev – Lokesh (Hindiston) 5:0
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov – Orazbek Assilkulov (Qozog'iston) 2:3
-80 kg: Fazliddin Erkinboev – Minseong Kim (Koreya Respublikasi) raqib ringga chiqmadi
-90 kg: Halimjon Mamasoliev – Sagindik Togambay (Qozog'iston) 4:1.
Bronza medal:
-57 kg: Nigina O'ktamova
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov.
Reglamentga ko'ra, ertaga dam olish kuni.
CHempionlik janglari 9-10 aprel sanalarida o'tkaziladi. Unda jami 7 nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar