05 iyu 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA
To'rt nafar o'zbekistonlik sportchi IBA Nomad 15 turnirida jang qildi
Qozog'istonning Almati shahrida boks bo'yicha IBA.Nomad 15 turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu jang kechasi doirasida to'rt nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi. Ularning ikkisi g'alabaga erishgan bo'lsa, yana ikkisi mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi.
Yurtdoshlarimiz ishtirokidagi jang natijalari bilan tanishing:
- Arman Abdukarimov hakamlar qaroriga ko'ra qozog'istonlik Nurjan Serikbaevga yutqazdi;
- Exson Nurmuxammedov qozog'istonlik Erkabulan Jaysanni 1-raundda nokautga uchratdi;
- Nodir Liashov 1-raundda qozog'istonlik Ernar Xusainovga nokaut evaziga yutqazdi;
- Abdumalik Yorbo'taev qozog'istonlik Adiljan Sandibekovni 1-raundda nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar