So’nggi yangiliklar

14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0

09 may 20:53
Yangiliklar

Boks/MMA

To'rt nafar vakilimizda g'alaba, Saidjamshid esa jangsiz keyingi bosqichga yo'l oldi. Jahon chempionatining to'qqizinchi kuni ham yakunlandi

Toshkentda o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining to'qqizinchi kuni o'zbek bokschilari uchun yakunlandi.

Bugungi kun doirasida ham besh nafar o'zbekistonlik bokschi jang qildi:

Kunduzgi dasturda:

1. -51 kgda 1/8 final jangi: Hasanboy Do'smatov - Erislan Romero (Kuba), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
2. -71 kgda 1/8 final jangi: Saidjamshid Jafarov - Gabriel Llanos (Puerto-Riko), (Raqib jang qilishni istamadi).

Kechgi dasturda:

3. -54 kgda 1/8 final jangi: Oybek Jo'raev - Ariol Zeneli (Albaniya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
4. -67 kgda 1/8 final jangi: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Kiril Samadurau (Belorus), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
5. -75 kgda 1/8 final jangi: Aloxon Abdullaev - Almir Memich (Serbiya), (Hakamlar qarori bilan).

SHu tariqa, 13 bokschimizdan 11 nafari chorak final bosqichiga yo'l oldi. Ertaga ularning barchasi yarim final yo'lida jang qiladi.

MATNLI TRANSLYACIYA

20:34. Uchinchi raund vakilimiz uchun biroz havotirliroq o'tdi. Ikkinchi raundda Aloxon raqibini nokdaun qilgan bo'lsa, uchinchi raundda uning o'zi shu holga tushib qoldi. Nima bo'lganda ham, Aloxon 4:0 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.

20:30. Ikkinchi raund juda ajoyib o'tdi. Aloxon raqibini ikki bor nokdaun qildi, hisob esa bu safar 5:0!

20:26. Raund yakunlandi. Hisob 4:1, Aloxon oldinda.

20:22. Birinchi raundga start berildi.

20:19. Aloxon Abdullaev ishtirokidagi jang start olmoqda.

19:52. Yana ikkita jangdan so'ng bugun ringga chiqadigan so'nggi vakilimiz Aloxon Abdullaevning jangi boshlanadi.

19:30. Ajoyib klass evaziga Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Kiril Samadurauni 5:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.

19:26. Jangning ikkinchi raundi ham tugadi, Asadxo'ja deyarli yaqqol ustunlik qildi bu raundda, hisob ham 5:0 ekanicha qoldi.

19:22. Birinchi raund yakuniga etdi. Hisob 5:0, Asadxo'ja oldinda.

19:18. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevning beloruslik bokschiga qarshi jangi boshlandi!

18:44. Guvohi bo'lganingizdek, Oybek Jo'raev albaniyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi. U chorak finalga chiqqan to'qqizinchi o'zbek bokschisi bo'ldi.

18:39. Jangning ikkinchi raundi ham tugadi, bu safar hakamlar 5:0 hisobida Oybekning ustunligini ko'rsatishdi. Umumiy hisob 4:0.

18:36. Raund yakunlandi. Hisob 4:1, Oybek Jo'raev foydasiga.

18:32. Birinchi raundga start berildi.

18:30. Va nihoyat Oybek Jo'raev ringga ko'tarilmoqda. U chorak final yo'lida albaniyalik Ariol Zeneli bilan jang qiladi. 

18:16. Yana bitta jangdan so'ng Oybek Jo'raev chorak final yo'lida albaniyalik bokschiga qarshi ringga chiqadi.

18:01. "Humo" Arenasida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chemponatining to'qqizinchi kunidan o'rin olgan kechgi dastur jangari start oldi.

17:01. Kunduzgi dasturdan o'rin olgan janglar yakuniga etdi. 18:00 dan boshlab kechgi dastur janglari start oladi.

15:07. Xabar berganimizdek, Saidjamshid Jafarov avtomatik ravishda chorak finalga yo'l oldi, shu sababdan endilikda kechgi dastur janglarigacha o'zbek bokschilarini kutamiz. SHunday ekan, uch soatdan so'ng "Humo Arena"da ko'rishguncha:)


14:31. Hasanboy Do'smatov kubalik Erislan Romeroni 5:0 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi. Klass!

14:26. Jangning ikkinchi raundi ham yakunlandi, "professor" Hasanboy Do'smatov o'z ishini alo tarzda bajaryapti, hisob ham 5:0 ekanicha qolmoqda.

14:22. Birinchi raund yakunlandi. Hisob 5:0, Hasanboy foydasiga!

14:19. Do'smatov ishtirokidagi jang start oldi.

14:09. Assalomu alaykum, JCHning to'qqizinchi kuni ham start oldi. Yana bir necha daqiqalardan so'ng Hasanboy Do'smatov ringga chiqadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
10 may 00:27:36
Tursun Ganiev
Барча 11 нафар боксчимизга омад тилаб коламан. Барчаларидан ярим финал боскичига йукотишларсиз утиб олишларига тилакдошман. Олга йигитлар олга.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing