24 jan 17:45
Yangiliklar
Qishki sport turlari
"To'rt qita kubogi". Misha Ge ertaga boshlaydi
Xitoy Taypeyida figurali uchish bo'yicha "To'rt qita kubogi" boshlandi.
Ushbu turnirda to'rt qita: Afrika, Amerika, Osiyo va Avstraliya/Okeaniya mintaqalaridan sportchilar ishtirok etadilar.
Ishtirokchilar orasida hamyurtimiz Misha Ge ham bor. Sportchimiz turnirdagi ishtirokini ertaga boshlaydi. U qisqa dasturlarda o'z chiqishini namoyish etadi.
Erkin dasturdagi chiqishlar esa 27 yanvar kuni o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Misha Ge 9 - 25 fevral kunlari Janubiy Koreyada o'tkaziladigan Qishki Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar