15 iyu 22:04
Yangiliklar
Boks/MMA

“Tosh kuch”da kuchlilar saralandi
Avval xabar yuberganimizdek, poytaxtimizning CHilonzor tumanidagi “Tosh kuch” sport majmusida professional boks bo'yicha reyting janglari bo'lib o'tdi.
Professional boks musobaqasining asosiy bahsi 66.7 kg vaznda toshkentlik Azim Yusupov va farg'onalik Dilmurod Usmonov ishtirokida o'tkazildi. O'z vaqtida havaskor boksda bir necha xalqaro turnirlar g'olibi, Toshkent shahar chempioni bo'lgan Azim Yusupov 5 raundlik jangning birinchi raundidayoq raqibidan ancha ustun ekanligini namoyish etib, g'oliblikka erishdi va professional boksdagi o'zining to'rtinchi g'alabasini nishonladi.
Musobaqa jarayonida shuningdek, Ahmadbek Mamajonov, Bekzod Saparbaev, Xusan Yuldashev o'z vaznlarida muvaffaqiyatga erishishdi.
O'zbekiston professional boks federaciyasi Matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar