19 dek 07:02
Yangiliklar
Tadbirlar
“Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlari uchun quriladigan obektlari muhokama qilindi
Joriy yilning 9-noyabr kuni Prezident SHavkat Mirziyoev “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlari uchun quriladigan Olimpiya shaharchasiga tamal toshini qo'ygandi.
Loyiha amalga oshirilgach, 100 gektarli maydonda zamonaviy sport inshootlari qad rostlaydi. SHu o'rinda, mazkur obektlardan samarali foydalanish masalasi kun tartibidan o'rin olmoqda. Sportni rivojlantirish vazirligida ushbu mavzuga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda har bir obektning qurilishi, musobaqadan so'ng ulardan qaysi federaciya va sport maktablari joy olishi rejalashtirilgani haqida batafsil malumot berdi.
Sportni rivojlantirish vaziri Adkham Ikramov shaharchaning har bir hududidan unumli foydalanish kerakligi, u o'zbek sportining rivoji uchun xizmat qilishi lozimligini takidladi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar