22 sen 15:03
Yangiliklar
Dzyudo
Toshkent Gran-prisi. Bekmurod Oltiboev finalda!
Poytaxtimizdagi "Humo Arena"da dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining so'nggi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina erkaklar o'rtasidagi +100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bekmurod Oltiboev yarim final bellashuvida avstriyalik Stefan Xegyiga qarshi bahs olib bordi va raqibini qisqa fursatda ippon bahosi bilan mag'lub etdi.
Bekmurod Oltiboevning oltin medal uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi birozdan so'ng o'tkaziladigan ukrainalik Yakiv Xammo hamda 2018 yilgi jahon chempioni gruziyalik Guram Tushishvili bahsidan so'ng aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar