20 sen 16:20
Yangiliklar
Dzyudo
Toshkent Gran-Prisi. Diyorbek O'rozboev va Sardor Nurillaev bronza medali uchun kurashadi
Poytaxtimizda start olgan dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasining birinchi kunida saralash bahslari yakuniga etdi.
Bellashuvlar yakuniga ko'ra 2 nafar vakilimiz kechki dasturda bahs olib boradigan bo'ldi.
-60 kilogramm vazn toifasida Diyorbek O'rozboev yarim finalda rossiyalik Yago Abuladzega imkoniyatni boy berdi va uchinchi o'rin uchun kurashadigan bo'ldi. Ushbu bosqichda vakilimizga turkiyalik Mixrach Akkush raqiblik qiladi.
SHuningdek, -66 kilogramm vaznda Sardor Nurillaev chorak finalda imkoniyatni boy bergach bronza medali uchun o'tish bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, final blokida shohsupaga ko'tarilish imkoniyatini saqlab qoldi. Nurillaev bronza medali uchun ozarbayjonlik Ibrohim Alievga qarshi kurashadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar