29 may 17:40
Yangiliklar
Toshkent Gran-prisi "Humo Arena"da o'tkaziladi
Katta ehtimol bilan bu yilga bahslarga shu yili foydalanishga topshirilgan ko'p tarmoqli "Humo" arenasi mezbonlik qiladi. SHu paytgacha Gran-pri turniri “O'zbekiston” sport majmuasida o'tkazilgan edi.
Kuni kecha Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) vakillari yangi arenani ko'zdan kechirish va xalqaro standartlarga javob berish darajasini baholash maqsadida Toshkentga tashrif buyurishdi.
IJF musobaqa menejerlari Lisa Allan, Tural Aliev va hamyurtimiz Abdullo Muradovdan iborat ishchi guruh “Humo” arenaning Gran-priga mezbonlik qilish borasidagi imkoniyatlarini yuqori baholashdi va musobaqani o'tkazishga munosib deb topishdi.
SHu kunning o'zida ishchi guruh O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyada ham bo'lishdi. Tomonlar Gran-pridan so'ng, aniqrog'i 23-24 sentyabr kunlari o'tkaziladigan paradzyudo bo'yicha IBSA kubogi masalasida ham gaplashib olishdi.
Fikrlar