So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

24 sen 06:59
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkent IBSA Gran-prisi. Paradzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rindalar!

Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizdagi ko'p tarmoqli “Humo Arena”da paradzyudo bo'yicha IBSA Gran-prisi boshlandi.

Medallar uchun kechgan ilk kungi bellashuvlarda 2 nafar hamyurtimiz bronza medali uchun, 3 nafari esa oltin medal uchun tatamiga chiqdi. Ular yakunda 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi.

Paradzyudochilarimiz kechagi bellashuvlarda 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo'lga kiritgan holda medallar bo'yicha IBSA Gran-prisida peshqadamlik qilmoqda. 

Ulardan keyingi o'rinlarni Rossiya (1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza) hamda Ukraina (1 ta oltin va 1 ta bronza) vakillari egallab turishibdi.

Eslatib o'tamiz, 35 ta davlatdan tashrif buyurgan 175 nafardan oshiq sportchilar jami 13 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradilar.

-48 kg (bronza medali uchun) ayollar 

Lobar Hurramova (O'zbekiston)

SHaxina Xajieva (Ozarbayjon)

***

-52 kg (bronza medali uchun) ayollar

SHerine Abdulla (Jazoir)

Sevinch Salaeva (O'zbekiston)

***

-60 kg (final) erkaklar

Florin Bologa (Ruminiya)

SHerzod Namozov (O'zbekiston)

-66 kg (final) erkaklar

Abasli Namig (Ozarbayjon)

Uchqun Quranboev (O'zbekiston)

-57 kg (final) ayollar

Parvina Samandarova (O'zbekiston)

Sevda Valieva (Ozarbayjon)

Eslatib o'tamiz, Toshkent IBSA Gran-prisi bugun ham davom etadi. Bellashuvlarni soat 12:00 dan boshlab “Humo arena”da tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing