04 mar 18:40
Yangiliklar
Dzyudo
Toshkent "Katta Dubulg'a". Ikkinchi kunda o'zbek dzyudochilaridan 1 ta oltin va 2 ta bronza
Dzyudo bo'yicha Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirining ikkinchi kunida o'zbekistonlik dzyudochilar uchta medalga ega chiqishdi.
-73 kg vazn toifasida finalda Murodjon Yo'ldoshev qozog'istonlik Doniyor SHamshaevga qarshi kurashdi va g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritdi!

Ayollar o'rtasida -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova so'nggi soniyalarda ukrainalik Natalya CHistyakovadan ustun keldi va bronza medali sohibasiga aylandi.

-81 kg vazn toifasida bronza medali uchun ikki hamyurtimiz to'qnash keldi. Unda Muso Sobirov SHarofiddin Boltaboevni ippon bahosi evaziga mag'lub etdi.

SHu tariqa, Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirining ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Kecha hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqishgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar