26 fev 07:48
Yangiliklar
Dzyudo

Toshkent "Katta Dubulg'a" turniridagi ishtirokini rasman tasdiqlagan davlatlar soni 52 taga etdi
Xabaringiz bor, 3-5 mart kunlari poytaxtimiz yana katta dzyudo bayramiga mezbonlik qiladi.
Uch kun davomida "Yunusobod" sport majmuasida dunyoning ko'zga ko'ringan dzyudochilari umumiy mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi Toshkent "Katta Dubulg'a" musobaqasi medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar.
Ayni shu soniyalarga kelib, O'zbekistonga kelish istagini rasman tasdiqlagan davlatlar soni 52 taga etdi. Sayyoramizning 5 qitasi 52 davlatidan jami 384 (205 erkak, 179 ayol) nafar dzyudochi Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) rasmiy saytida ro'yxatdan o'tkazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
15:42
Boks bo'yicha erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz Ozarbayjondagi xalqaro musobaqada qatnashadi 0
Fikrlar