19 mar 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Toshkent Osiyo o'yinlariga saralash vazifasini bajaradigan qita birinchiligiga mezbonlik qiladi
Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi xabar berdi.
Malum bo'lishicha, 18-24 may kunlari poytaxtimizda MMA bo'yicha Osiyo chempionatlari o'tkaziladi.
18-20 may kunlari yoshlar o'rtasida, 22-24 may sanalarida esa kattalar o'rtasidagi qita birinchiliklari tashkil etiladi.
Ahamiyatlisi, kattalar o'rtasidagi IV Osiyo chempionati shu yilning oktyabr oyida Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlari mezbonlik qiladigan yozgi Osiyo o'yinlari hamda shu yil Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida o'tkaziladigan Yopiq inshootlardagi jang sanatlari o'yinlariga saralash vazifasini bajaradi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar