01 dek 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkent shahri O'zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi
2-8 dekabr kunlari Toshkent shahrida 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida boks bo'yicha O'zbekiston kubogi tashkil etiladi.
Bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan 250 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. O'zbekiston kubogi 15 ta vazn toifasida tashkil etiladi.
Musobaqa poytaxtimizdagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi zalida o'tkaziladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olympicboxing.uz
Fikrlar