25 jan 08:40
Yangiliklar
Sport kurashlari
Toshkent tuman BO'SMda erkin kurashchilar jam bo'ldi
Toshkent tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida erkin kurash bo'yicha 2003-2005 yillarda hamda 2007-2008 yillarda tug'ilgan 150 nafardan ziyod o'smirlar o'rtasida o'n kunlik o'quv-yig'in mashg'uloti bo'lib o'tmoqda.
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur o'quv-mashg'ulotida qo'shni Qozog'iston Respublikasidan ham yosh kurashchilar ishtirok etmoqda.
Mazkur mashg'ulotlarda erkin kurash bo'yicha ikki karra jahon chempioni, uch karra Osiyo o'yinlari g'olibi Dilshod Mansurov yoshlarga mahorat saboqlarini berishda jonbozlik ko'rsatmoqda. Maqsad – iqtidori yuqori bo'lgan yoshlarni saralash va joriy yilgi xalqaro musobaqalarda kuchlilar qatoridan joy olish.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar