13 okt 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentda 8 ta mamlakat boks jamoalari ishtirokida yig'in o'tkaziladi
Bu haqda O'zbekiston boks federaciyasi malum qildi.
"12-27 oktyabr kunlari Toshkent shahri jamoamizning navbatdagi mashg'ulotlariga mezbonlik qiladi. Ahamiyatlisi ushbu yig'inga Jazoir, Turkmaniston, Falastin, Ozarbayjon, Yaponiya, Marokash bokschilari va Rossiyaning ikki tarkib sportchilari jalb etilgan.
Yig'in Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida bo'lib o'tadi", deyiladi xabarda.
Boks terma jamoamizni oldinda 7-21 noyabr kunlari Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni) mezbonlik qiladigan Islom birdamlik o'yinlari kutib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar