22 apr 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi o'tkaziladi
Poytaxtimiz 25–27 aprel kunlari badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichini o'zida qabul qiladi.
MOQ matbuot xizmatiga ko'ra, bu yilgi bahslarda 26 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib boradi.
Musobaqa gimnastika bo'yicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-o'smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi maydonida bo'lib o'tadi. Tantanali ochilish marosimi 25 aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli startga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Unda mamlakatimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:
Yakkalik bahslari:
– Taxmina Ikromova
– Anastasiya Saranseva.
Guruh mashqlari:
– Evelina Atalyans
– Maftuna Zoirova
– Adelya Fayzulina
– Mumtozabonu Ishoqzoda
– Amaliya Mamedova
– Irodaxon Sodiqova.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar