So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро Турон федерацияси АҚШ Конгресси томонидан эътироф этилди 0 23:26Ронда Роузи Дана Уайтга "вызов" ташлади 0 23:01ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 22:26Махачев Шавкат Раҳмоновнинг дивизиондаги келажагини баҳолади 0 16:28Оксана Чусовитина Германиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида қатнашяпти 0 16:07Тошкент "Катта Дубулға" турнирида қатнашидиган дзюдочиларимиз таркиби маълум бўлди 0 15:40МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр 0 15:19Тайсон Фьюри Маҳмудовдан кейингиси ким деган саволга жавоб берди 0 14:58Пётр Ян илк камар ҳимоясини қачон ўтказишини айтди 0 14:37Одилхон энди Грузияда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:16"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди 0 13:55Шон Стрикленд: "Хамзат Имавовни енгиб, яна 1,5 йил "уйқу"га кетади" 0 13:33Ислам Махачев: "Реваншга лойиқ бўлиш керак, у ҳали тайёр эмас" 0 13:04Даниил Ейбогнинг Олимпиададаги сўнгги стартидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:41"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр 0

15 apr 13:57
Yangiliklar

Gimnastika, Fotogalereya

Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi start oldi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Badiiy gimnastika
Kecha poytaxtimizda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi start oldi.

16 aprelga qadar davom etadigan musobaqada 31 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib boradi. Musobaqa dasturiga ko'ra, kecha halqa va to'p bilan mashqlar bo'yicha saralash bahslari bo'lib o'tdi. 

Jamoaviy bahslarda Estoniya, Ozarboyjon, AQSH, Avstriya, Germaniya, Turkiya, Qozog'iston, Finlyandiya, Xitoy,O'zbekiston kabi davlatlar o'z dasturlarini namoyish etdilar. Hakamlar hayatining yakdil qaroriga ko'ra, 1-o'rin Xitoy (34,45 ball), 2-o'rin Germaniya (29,60 ball) va 3-o'rin O'zbekiston (29,05 ball) gimnastikachilariga nasib etdi.

Jahon kubogi bahslarida mamlakatimiz sharafini Taxmina Ikromova hamda Yosmina Rahimova yakkalik, Ekaterina Fetisova, Ruxshona Dehqonova, SHahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Mumtoza Ishoqzoda, Irodaxon Sodiqova guruh mashqida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.  

Kechki dasturdan so'ng, Jahon kubogi bosqichining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Musobaqalar 16 aprelga qadar davom etadi.


Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov, olamsport.com fotomuxbiri

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing