So’nggi yangiliklar

01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 22:41Ислам Махачевнинг спарринг шериги UFC'да дебют қилди 0 22:08UFC Абу-Даби. Ризван Куниев америкалик рақибини аямади 0 21:40Узоқ кутилган Абубакар Вагаев — Сайгид Изагахмаев жанги тўлиқ давом этди 0 20:56Гусковнинг дўсти Вальтер Уокер Абу-Дабида октагонга кўтарилди 0 20:49Ҳумоюн Тўхтамуродовнинг 44 яшар бразилиялик рақибга қарши жанги бир дақиқадан кўпроқ давом этди 0 20:19UFC Abu-Dhabi турнирининг асосий жангларидан бири бекор қилинди 0 19:38Хамзатнинг жамоадоши Магомед Тучалов UFC'даги дебют жангини ўтказди 0 19:08Хабибга қиёфадош тожикистонлик Нурулло Алиев UFC Abu-Dhabi турнирида жанг қилди 0 16:00Магомед Анкалаев — Богдан Гусков жанги қачон бошланади ва қаерда кўрсатилади? 0

05 okt 16:49
Yangiliklar

Triatlon

Toshkentda birinchi marotaba Markaziy Osiyo triatlon associaciyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi

Teglar :  Triatlon
2019 yil 4 oktyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo Triatlon Associaciyasi (CATA) ishtirokchi-davlatlari CATA Ijroiya Kengashining II yig'ilishini o'tkazdilar.

Takidlash joizki, CATA doirasidagi uchrashuv O'zbekistonda birinchi marotaba bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O'zbekiston Triatlon Federaciyasi raisi Otabek Umarov, CATA prezidenti Galimjan Esenov, CATA vice-prezidentlari CHingiz Alkanov va Farrux Nosirov, CATA bosh kotibi Maksim Kryat va CATA ijrochi kotibi Aynagul Takeeva ishtirok etdi.

CATA va milliy triatlon federaciyalari rahbarlari Markaziy Osiyoda triatlonni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik va harakatlar bilan bog'liq bir qator muhim masalalarni muhokama qildilar.



Tomonlar tashkilot doirasida qo'mitalar tarkibini tashkil etish to'g'risida o'zaro fikr almashdilar va bir qator qarorlar qabul qildilar. Jumladan, milliy triatlon federaciyalarining quyidagi vakillari qo'mitalarning rahbarlari etib saylandilar:

CATA Media qo'mitasining rahbari – Valixan Ten, Olmaota Triatlon Federaciyasi Vasiylik kengashi azosi;
CATA Yuridik qo'mitasi rahbari – Jasur Tadjiev, O'zbekiston Triatlon Federaciyasining Xalqaro aloqalar departamenti direktori;
CATA Sport qo'mitasi rahbari – Kanat Kelsinbekov, Qirg'iziston Triatlon Federaciyasi vice-prezidenti;
CATA Paratriatlon qo'mitasi rahbari – Elena Lijina, Qirg'iziston Triatlon Federaciyasi bosh kotibi.
SHuningdek, ishtirokchilar CHimkent – Toshkent yo'nalishidagi birinchi xalqaro musobaqa o'tkazish bo'yicha rejalarni muhokama qildilar. Ushbu tarixiy start 2020 yil 3 may kuni o'tkazilishi belgilandi. Poyganing asosiy xususiyati shundaki, u transmilliy bo'ladi, yani CHimkentda suzish bosqichidan boshlanadi, undan keyin sportchilar CHimkentdan O'zbekiston poytaxtiga masofani velosipedda bosib o'tadilar va poyga Toshkent ko'chalari bo'ylab yugurish bilan yakunlanadi.



Yana bir muhim jihat – triatlon bo'yicha Markaziy Osiyo chempionatini Ozbekiston hududida o'tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, TEMIRADAM musobaqalarini O'zbekiston Respublikasi va Qirg'iziston Respublikasida ham o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi. SHuningdek, federaciyalar rahbarlari hamkorlikda qo'shma o'quv-mashg'ulotlar yig'inlarini o'tkazishga kelishib olishdi.

Mintaqada paratriatlonni rivojlantirish rejalariga alohida etibor qaratildi. Qirg'iziston Triatlon federaciyasi paratriatlon bo'yicha birinchi xalqaro startni o'tkazish istagini bildirdi.



Uchrashuv yakunlariga ko'ra turli yoshdagi sportchilarning tayyorgarligini oshirish maqsadida O'zbekiston Triatlon Federaciyasi raisi Otabek Umarov, Qozog'iston Triatlon Federaciyasi vice-prezidenti Galimjan Esenov va Qirg'iziston Triatlon Federaciyasi prezidenti CHingiz Alkanov Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy triatlon federaciyalari o'rtasida umumiy musobaqalarni o'tkazish bo'yicha hamkorlik Memorandumini imzoladilar.



Memorandum doirasida tomonlar kelgusi yil uchun Markaziy Osiyoda musobaqalarning umumiy taqvimini tasdiqlash, qo'shma musobaqalarda har bir mamlakat sportchilarining minimal va maksimal sonini belgilash, shuningdek, malum miqdordagi va barcha Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida qo'shma musobaqalarni o'tkazish bo'yicha hamkorlik qilishni kelishib oldilar.




O'zbekiston Triatlon Federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing