So’nggi yangiliklar

23:25Шаҳрам Ғиёсов, Баҳодир Жалолов ва Лазизбек Мулложонов жанг қилган Тошкентдаги бокс оқшомининг барча натижалари битта саҳифада 0 23:20Шаҳрам Ғиёсовнинг рус боксчиси Марк Урвановга қарши жанги якунланди 0 22:54Ўзбекистон МТЖ Салоҳ бошчилигидаги Мисрни енгиб, Al Ain Cup финалига йўл олди 0 22:47Баҳодир Жалолов иштирокидаги жанг муддатидан аввал якунланди 0 22:19Лазизбек Мулложонов Тошкентда нигериялик боксчига қарши рингга чиқди 0 21:36Барча жанглар кучида! UFC 322 турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимидан ўтишди 0 21:26Нурислом Исмоилов мағлубиятсиз сериясини давом эттириб, камарни қўлга киритди! 0 21:18Ислом бирдамлиги ўйинлари: Ўзбекистон ҳисобида навбатдаги медал 0 20:54Кўпчилик кутган Аълохон Абдуллаев — Суҳроб Қаюмов жанги тўлиқ давом этди 0 20:20Собиқ жаҳон чемпиони Ражаб Бутаев Тошкентда рингга кўтарилди 0 19:35Миллий антидопинг агентлиги Мулложонов билан боғлиқ хабарларга муносабат билдирди 0 19:08Тасдиқланди: Лазизбек Мулложонов допинг сабаб 3 йилга дисквалификация қилинди 0 18:30Профессионал бокс қироллари — Усик ва Кроуфорд Тошкентда учрашишди (ВИДЕО) 0 18:09Жейк Пол - Энтони Жошуа жанги расман эълон қилинди 0 17:48Махачев: "Камаримни ҳеч кимга бермайман. Иккинчисини олишни хоҳлаяпман" 0

14 may 19:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Toshkentda boks bo'yicha jahon chempionati rasman yakunlandi. Musobaqaning so'nggi kunida 2 ta oltin, 2 ta kumush medalga ega chiqdik!

Bugun, 14 may kuni boks bo'yicha jahon chempionatining so'nggi kunidan o'rin olgan janglar bo'lib o'tdi.

Jahon chempionatining so'nggi kuni doirasida to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi oltin medal yo'lida ringga ko'tarildi, shuningdek, yana ikki vazn toifasida final janglari o'tkazildi:

1. -54 kgda: Mahmud Sabirxan (Qozog'iston) - OYBEK JO'RAEV, (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 5:0)
2. -57 kgda: Xorta Rodriges (Kuba) - ABDUMALIK XALOKOV, (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 0:5)
3. -63,5 kgda: RUSLAN ABDULLAEV - CHinzorig Baatarsuh (Mo'g'uliston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 5:0)
4. -71 kgda: Aslanbek SHimbergenov - SAIDJAMSHID JAFAROV, (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 5:0)
5. -80 kgda: Tanglatihan Tuohetaerbieke (Xitoy) - Nurbek Oralbay (Qozog'iston), (Hakamlar qarori bilan, 1:4)
6. -86 kgda: Dominges Alfonso (Ozarbayjon) - SHarabutdin Ataev (Rossiya), (Hakamlar qarori bilan, 1:4)
7. -92 kgda: Muslim Gajimagomedov (Rossiya) - Aziz Muhidin (Italiya), (Hakamlar qarori bilan).

SHunday qilib, O'zbekiston terma jamoasi boks bo'yicha 2023 yilgi jahon chempionatini 5 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunladi.

MATNLI TRASLYACIYA


19:54. Do'stlar, yurtimizda qariyb ikki hafta davom etgan boks birinchiligi o'z nihoyasiga etmoqda. Har tomonlama ajoyib atmosfera bag'ishlay olgan chempionatni ko'p vaqt sog'inib, eslab yurishimiz aniq. Aynan mazkur chempionatda terma jamoamiz o'z rekordini yangiladi, aynan mazkur chempionatda bir qancha bokschilarni o'zimiz uchun kashf qildik. Barchasi uchun raxmat!

19:46. Jahon chempionatining so'nggi final jangida rossiyalik Muslim Gajimagomedov Italiya vakili Aziz Muhiddinni mag'lub etib, Rossiyaga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

19:25. Rossiya o'zining ilk oltin medalini qo'lga kiritdi. SHarabutdin Ataev Ozarbayjon nomidan jang qilgan Dominges Alfonsoni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, jahon chempionati oltin medalini qo'lga kiritdi.





18:51. Qozog'iston terma jamoasida to'rtinchi oltin! Nurbek Oralbay xitoylik raqibini 4:1 hisobida engib, jahon chempioniga aylandi.





18:31. Ajoyib! Ikkinchi mag'lubiyat, ikkinchi principial qarama-qarshilikdagi mag'lubiyat! Ikkinchi kumush! Saidjamshid Jafarov Aslanbek SHimbergenovga 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

18:26. Ikkinchi raund uchun hisob 3:2, Saidjamshid foydasiga. Umumiy hisob 2:0, Aslanbek oldinda.

18:21. Saidjamshid Jafarov ishtirokidagi jangda birinchi raund yakunlandi. Hisob 5:0, raqib foydasiga.




17:56. Abdullaev mo'g'ulistonlik raqibini 5:0 hisobida engib, jahon chempioniga aylandi! Beshinchi oltin muborak!

17:46. Ruslan Abdullaev ishtirokidagi jangning birinchi raundidan so'ng hisob 4:1, Ruslan foydasiga.





17:38. Abdumaliiiiiik Xalokoooooooov! Bizda to'rtinchi oltin medal ham naqd! Barakalla Abdumalik!

17:32. Ikkinchi raundda 4:1, umumiy hisobda esa 4:0 hisobida oldindamiz.

17:26. Birinchi raundda hisob 5:0, Abdumalik foydasiga. Hamyurtimiz bu raundda raqibini nokaud holatiga ham tushirib qo'ydi.

17:22. Abdumalik Xalokov ringga chiqib kelmoqda.




17:18. Afsus! Oybek Jo'raev o'ziga berilgan imkoniyatni oqlay olmadi! Bizda ilk kumush!

17:12. Ikkinchi raundda ham qozog'istonlik bokschi 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

17:08. Ilk raunddan so'ng hisob 5:0, raqib foydasiga!

17:02. Oybek Jo'raevning Mahmud Sabirxanga qarshi jangi boshlanmoqda.

16:51. Bugungi janglar boshlanish arafasida.

16:04. Assalomu alaykum qadrli boks muxlislari. Bugun Toshkentdagi boks bo'yicha jahon chempionatining so'nggi kunidan o'rin olgan jangla bo'lib o'tadi. Ha, afsus, jahon chempionati bizni tark etmoqda( Ammo, bugun yana to'rtta oltin medal qo'lga kiritish orqali buni unutishimiz mumkin. SHunday ekan, bir soatdan so'ng televizoringiz pultini UzReport'ga sozlang yoki IBA rasmiy saytidan hamyurtlarimiz ijrosidagi ketma-ket to'rtta jangni tomosha qiling.

Reyting:    

Fikrlar

+2   
14 may 19:19:26
Boks
Blin bzani jurnalislar olide borku boshqa davlat matbuotidan bilamiz kim qayerdan keldi terma jamoaga, bokschilarmizni laqabi, erishgan natijalari ozbek murabbilari qaysi jamoalarda faolyat yuritadi etishvotti, bzanikila yutti yutqazdi boldi tamom boshqa malumot yoq munde 1 qiziqmidiyam
+2   
14 may 18:14:50
Коканд
TOKIO-2020 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ёшларга имкон бериш керак. Бунга қўшиламан, аммо Шу болани ўрнига Шахобиддин ёки Миразиз бўлганда Сабирханни ютиши мумкин эди.
Миразиз билан Шахобиддин қозоқни бемалол урарди.
+1   
14 may 20:06:09
Тохир Абдуллаев
Бугун козокларга ютказганимиз ачинарли булди, уруб ташаш кере эди , колганини кечирса булади но козокларга нон бермаслик керак эди
+1   
14 may 19:15:28
Boks
Коканд foydalanuvchining fikriga javob berish
Миразиз билан Шахобиддин қозоқни бемалол урарди.
Qiyin bolardi barbir bu bola qozoqistonni eng ishongan bokschisi edi, barcha raqiblarni ustunlik bilan yengdi, otgan chempianatdayam yaxshi ishlagan,
+1   
14 may 18:35:01
TOKIO-2020
Жафаров ҳам тоза ютқазди манимча. 1-раундни олган рақиб қолган раундларда айёрлик ишлатди. Очиқ жангдан қочди.
   
14 may 18:36:22
TOKIO-2020
5та олтин олдик умумжамоа ҳисобида 1-ўриндамиз. Асосий рақиблар билан бу чемпионатда яхши натижа қайд этдик. УЗБ-КУБА 4-0, УЗБ-КАЗ 3-3.
   
14 may 18:01:34
Равшан Юнусов
5chi oltin
   
14 may 17:53:39
TOKIO-2020
TOKIO-2020 foydalanuvchining fikriga javob berish
Рекордга 1та олтин қолди.
Қозоғистоннинг 2013 йилги натижасини такрорладик, 4та олтин.
   
14 may 17:53:13
TOKIO-2020
ISHONCH foydalanuvchining fikriga javob berish
Муддатидан олдин умумжамоа ҳисобида пешқадам бўлдик. Алҳамдулиллаҳ!!!
Рекордга 1та олтин қолди.
   
14 may 17:43:40
ISHONCH
Муддатидан олдин умумжамоа ҳисобида пешқадам бўлдик. Алҳамдулиллаҳ!!!
   
14 may 17:33:08
TOKIO-2020
Islomjon Niyozov foydalanuvchining fikriga javob berish
Jonli efir silkasi yoʻqmi
https://www.youtube.com/watch?v=NhEoIE1hds4
   
14 may 17:32:41
TOKIO-2020
Islomjon Niyozov foydalanuvchining fikriga javob berish
Jonli efir silkasi yoʻqmi
https://mediabay.uz/tv/343/UzReportTV
   
14 may 17:27:08
Islomjon Niyozov
Jonli efir silkasi yoʻqmi
   
14 may 17:21:26
TOKIO-2020
2та мағлубият ҳам тоза бўлди ва ҳар иккисида таркибга янги чақирилган боксчилар нокдаунд бўлиб ютқазди.
   
14 may 17:20:39
TOKIO-2020
Ўзбек-Қозоқ қарама қаршилигида ҳисоб 3-2 бу чемпионатда.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing