14 jan 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkentda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlanmoqda
14-22 yanvar kunlari Toshkent shahri boks bo'yicha erkakar va ayollar ishtirokida O'zbekiston chempionati bahslariga mezbonlik qiladi.
Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va yurtimizning barcha viloyatlaridan eng yaxshi bokschilar mamlakat birinchiligi uchun bahslarga kirishadi.
Bu safargi turnir "Los Anjeles-2028 sari yo'l shu erdan boshlanadi" shiori ostida o'tkaziladi.
Janglar Olimpiya shaharchasidagi Yakkakurashlar zalida bo'lib o'tadi.
Bugun musobaqaning texnik yig'ilishi va qura tashlash marosimi tashkil etiladi.

Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar