07 may 09:36
Yangiliklar
Toshkentda bolalarga "master klass" o'tgan Ungvari Qozonda chempion bo'ldi + FOTO
Kecha o'rta vaznda bellashuvlar tashkil etilib, unda erkaklar -73, 81 kg, ayollar esa -63 va -70 kg vazn toifalarida o'zaro g'olib hamda sovrindorlarni aniqlashdi. To'rttadan vazndan ikkitasi rossiyalik dzyudochilar shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.
Qolgan ikki vaznda Polsha va Vengriya vakillari chempion bo'lishdi. Yaqinda poytaxtimizda tashkil etilgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish barobarida yosh dzyudochilarga mahorat saboqlarini namoyish etgan vengriyalik Attila Ungvari -81 kg vaznda oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi kun qahramonlari:
AYOLLAR
-63 kg vazn toifasi
1. Agata Ozdoba-Blax (Polsha)
2. Ketleyn Kuadros (Braziliya)
3. Ekaterina Valkova (Rossiya)
3. Sanne Vermeer (Niderlandiya)
-70 kg vazn toifasi
1. Madina Taymazova (Rossiya)
2. Jiovanna Skochchimarro (Germaniya)
3. CHizuru Arai (Yaponiya)
3. Anna Bernxolm (SHveciya)
ERKAKLAR
-73 kg vazn toifasi
1. Mahmadbek Mahmadbekov (Rossiya)
2. Ayyub Xazgaliev (Rossiya)
3. Viktor Skvortcov (BAA)
3. Nugzari Tatalashvili (Gruziya)
-81 kg vazn toifasi
1. Attila Ungvari (Vengriya)
2. Alan Xubecov (Rossiya)
3. Murad Fatiev (Ozarbayjon)
3. Sungxo Li (Janubiy Koreya)
Fikrlar