So’nggi yangiliklar

12:56АҚШ — Ўзбекистон ўртоқлик ўйини учун шахматчилар таркиби эълон қилинди 0 12:03UFC 329 тарози натижалари: Беш йиллик танаффусдан сўнг қайтаётган Конор Макгрегор вазн қила олдими? 0 11:40"Шунчаки таътилга кетишимга қўйиб беринг". Де Брюйне — Бельгия терма жамоасидаги келажаги ҳақида 0 11:02Ойбек Касимов “Ўзбекистон белгиси” кўкрак нишони билан тақдирланди 0 10:33Холлоуэй Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 09:58Юнон-рум курашчиларимиз Будапештдаги рейтинг турнирида қатнашади 0 09:16Луис де ла Фуэнте Испания ЖЧ 1/4 финалида Бельгияни ниманинг ҳисобига мағлуб этганини тушунтирди 0 08:47Кеча жанг ўтказган боксчиларимизнинг барида ғалаба, бугун етти вакилимиз Осиё чемпионати 1/4 финалида рингга кўтарилади 0 08:12Ёш енгил атлетикачиларимиз қитъа чемпионатини 2 та медаль билан бошлашди 0 19:05"Мен Макгрегорнинг адабини бераман!" - Холлоуэй 0 18:45"Айнан шунинг учун ҳам буни қилдик". "Ғазалкент" ўзгача рангдаги машғулот либосларини намойиш этди (ФОТО) 0 18:26UFC 329 турнири промоушен тарихидаги рекордни янгилади 0 18:01Садио Мане Сенегал терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 17:30Разамбек Жамалов эртанги жанги олдидан Тбилисига етиб борди ва фотосессияда иштирок этди (ФОТО) 0 16:42Дана Уайт — Макгрегорнинг келажаги ҳақида: "Агар ютса бешта, ютқазса учта сценарий бор" 0

23 noy 08:46
Yangiliklar

Kurash

Toshkentda jahon chempionati oldidan World Series Pro finali bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Joriy yil Xalqaro kurash associaciyasi (IKA) taqvim rejasidan World Series Pro turnirining o'tkazilishi o'rin olgan edi.

Yil davomida mazkur turnirning qitaviy saralash bosqichlari dunyoning 4 ta qitasida muvaffaqiyatli tashkil etildi. Unda eng kuchli polvonlar Kurash vataniga tashrif buyurish va professionallar seriyasi finalida qatnashish uchun bor kuch va mahoratini namoyish etishdi.

Poytaxtimizdagi "Alpomish" sport saroyida World Series Pro turnirining final bosqichi bo'lib o'tdi. Professionallar seriyasi finali o'z nomiga munosib tarzda bo'lib o'tdi. O'zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Kurash federaciyalari tomonidan mazkur turnir yuqori darajada tashkil etildi.

To'rt qitadan tashrif buyurgan 56 nafar kuchli chempionlar bahslari ham fantastik lahzalarga boy bo'ldi. Jahon chempionlari, xalqaro turnirlar g'oliblari ishtirokidagi bahslar kurash muxslislariga haqiqiy bayram kayfiyatini taqdim etdi.

Kunning ikkinchi yarmida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Xalqaro Kurash associaciyasi prezidenti Haydar Farmon, O'zbekiston Yoshlar siyosati va sport vaziri, IKA Birinchi vice-prezidenti Adham Ikramov, IKA vice-prezidentlari Mirabe Iliades, Jaime Kazanova, Tomas Dunker, SHerzodxon Qudratxo'ja, O'zbekiston Kurash federaciyasi prezidenti, O'zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig'matilla Yo'ldoshev, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosarlari Aziz Kamilov va Saken Po'latovlar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan IKA prezidenti Haydar Farmon barcha ishtirokchilarni katta kurash turniri bilan tabrikladi. Har bir ishtirokchi o'z vatanida kurashning haqiqiy qahramonlari ekanligi etirof etdi. O'zbekiston kurash federaciyasi raisi Nig'matilla Yo'ldoshev dunyo kurash oilasi vakillarini kurash vatanida ko'rib turganligidan mamnun ekanini bildirdi. 

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Xalqaro Kurash associaciyasi faxriy prezidenti SHavkat Mirziyoevni bevosita qo'llab-quvvatlashi natijasida sevimli kurashimiz jahon uzra keng parovoz qilayotganligi barchani quvontirayotganini takidladi. 

Tantanali ochilish marosimida o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokida kurash sportini, vatan, muhabbatni tarannum etuvchi kuy qushiqlar va milliy raqs chiqishlari namoyish etildi. SHundan so'ng turnirning eng hayajonli va muhim qismi boshlandi. Jami 7 vazn  toifasida final bellashuvlariga navbat berildi.

Dastlab 66 kg vazn toifasida finalgacha etib kelgan azaliy raqiblar - o'zbekistonlik Artyom SHturbabin va eronlik Majid Vaxid Barimanlou o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi. Ikki kurashchi Osiyo va jahon chempionati finnalarida bir-birlari bilan ko'p bor to'qnash kelishgandi. SHturtabin bu safar ham bir yonbosh va chala bahosi bilan raqibini mag'lub etdi.

Barchani hayojonga solgan yana bir final so'zsiz jahon va Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, 2022 yilda dunyoning eng yaxshi kurashchisi sifatida etirof etilgan Umid Esanov hamda kurash bo'yicha Afrika chempioni, dzyudo va jiu-jitsu bo'yicha taniqli sportchi Basel Eldeb ishtirokida kechdi. Esanov ham, Eldeb ham finalgacha barcha raqiblarini halol bahosi bilan mag'lub etgandi. Finalda esa kurash vatani vakili raqibiga imkoniyat qoldirmadi. Halol va sof g'alaba!

-90 kg vazn toifasida kurash bo'yicha Evropa chempioni, sambo bo'yicha jahon chempioni, gruziyalik Givinishvili barcha raqiblarini dog'da qoldirdi va chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. 

Musobaqaning asosiy bahsi esa mutlaq vazn toifasida azaliy raqiblar ishtirokida bo'lib o'tdi. Unda kurash afsonasi Muhsin Hisomiddinov hamda qirg'izistonlik Bekbolot Toktogov finalda ro'baro keldi. Avvalgi barcha uchrashuvlarda bo'lgani kabi Muhsin polvon bu safar ham qirg'iz raqibini mag'lub etdi.

SHu tariqa, jami 7 ta vazn toifasidan 5 tasida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. 

Barcha g'olib va sovrindorlar:

-66 kg vazn toifasi

1. Artyom SHTURBABIN (O'ZBEKISTON)

2. Majid Barimanlou (Eron)

3. Savv Karakizidis (Greciya)

3. Niko Tchikaidze (Gruziya)


-81 kg vazn toifasi 

1. Umid ESANOV (O'ZBEKISTON)

2. Basel Eldeb (Misr)

3. Tomas Belen (Dominikan Respublikasi)

3. Konstant Ikomo (Kongo Demokratik Respublikasi)


-90 kg vazn toifasi

1. Pa Gviniashvili (Gruziya)

2. Nikita Duinovs (Latviya)

3. Anxel Sanches (Meksika)

3. Jamalbek Asilbek Uulu (Qirg'iz Respublikasi)


+100 kg vazn toifasi (mutlaq)

1. Muhsin HISOMIDDINOV (O'ZBEKISTON)

2. Bekbolot Toktogonov (Qirg'iz Respublikasi)

3. Tentore Masmanidis (Greciya)

3. Resko Viktors (Latviya)


AYOLLAR 

-57 kg vazn toifasi

1. Ibodatxon AGAJONOVA (O'ZBEKISTON)

2. Pinki Balxara (Hindiston)

3. Viktoriya-Val Muratidou (Greciya)

3. Nada Ashraf Salah (Misr)


-70 kg vazn toifasi

1. Vikto Bologan (Belgiya)

2. Nada Muhammad Fahmi (Misr)

3. Van-Ting Li (Xitoy Taypeyi)

3. Ritika (Hindiston)


+70 kg vazn toifasi (mutlaq)

1. Pokizaxon KAMOLIDDINOVA (O'ZBEKISTON)

2. Audrey Puello (Dominikan Respublikasi)

3. Gabriela Gigova (Bolgariya)

3. Alina Burgeleya (Moldova)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing