01 may 19:16
Yangiliklar
Boks/MMA, Kamondan otish
Toshkentda kamondan otish bo'yicha Osiyo kubogi boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kamondan otish bo'yicha Osiyo kubogining 2-bosqichi boshlandi.
Qayd etish joiz, mazkur toifadagi musobaqa mamlakatimizda ilk bor tashkil etilmoqda. Unda qitamizning 13 davlatidan 100 nafar sportchi g'oliblik uchun kurashishadi.
Reglamentga bugun, musobaqada saralash bahslari o'tkazildi. Bellashuvlarda yurtimiz sharafini 8 nafar merganimiz himoya qilishmoqda. Musobaqa 5 mayga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar