23 fev 18:42
        Yangiliklar	
	
				
				    Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Toshkentda Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi musobaqa boshlandi
Poytaxtimizda suzish bo'yicha kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston ochiq chempionati boshlandi.
			23-27 fevral kunlari "Sahovat sport servis" suzish havzasida o'tkaziladigan musobaqada yurtimizning barcha viloyatlaridan, shuningdek, Qozog'iston, Qirg'iziston kabi mamlakatlardan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Etiborli tomoni shundaki, o'smirlar o'rtasidagi bahslarda shu yilning oktyabr oyida Buenos-Ayres shahrida o'tkaziladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma o'ynaladi.
Malumot uchun, Argentinada bo'lib o'tadigan  III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga qadar suzish bo'yicha yana ikkita licenzion musobaqa o'tkaziladi. Ulardan biri aprel oyida Moskva shahrida tashkil etilsa, yana biriga may oyida Bangkok shahri mezbonlik qiladi.


            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar