02 noy 09:28
Yangiliklar
Toshkentda olti mamlakat dzyudochilarining qo'shma mashg'uloti o'tkaziladi
O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu yig'inda Franciya, Gruziya, Qirg'iziston, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari azolari ishtirok etadi.
Ilk dzdochi bugun Toshkentga etib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida +100 kg vazn toifasida jahon chempioni (2018), Evropa chempioni (2017), Evropa o'yinlari g'olibi (2019) Guram Tushishvilini federaciya vakillari kutib olishdi. Dunyoda hamon pandemik vaziyat saqlanib turgani bois, taklif etilgan bazi davlat delegaciyalari yurtimizga kela olmasliklarini malum qilishdi. Aks holda ishtirokchi davlatlar soni ko'proq bo'lar edi.
Malumot uchun, O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan har yili xuddi shunday xalqaro qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazib kelinadi.
Fikrlar