24 iyu 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentda o'tadigan Octagon 75 turniri uchun yana bir qiziqarli jang elon qilindi
6 iyul kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 75 musobaqasi bo'lib o'tadi.
Turnir doirasida yarimo'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, chempionlik uchun sobiq davogar Saydatxon Nuriddinovning ham oktagonga chiqishi malum bo'ldi. O'sha kuni unga Qirg'iz Respuublikasi vakili Altinbek Ashimbekov raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Saydatxon Nuriddinov faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, 7 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Altinbek Ashimbekov hisobida esa 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar