14 jan 18:42
Yangiliklar
Sport kurashlari
Toshkentda o'tkaziladigan PWL 11 kurash turnirida kimlar ishtirok etishi malum bo'ldi. Sportchilar orasida Razambek Jamalov, Zaur Uguev va Kayl Snayder kabi nomlar bor (POSTER)
27 mart kuni poytaxtimiz sport kurashlari bo'yicha PWL 11 musobaqasini o'zida qabul qiladi.
Malum bo'lishicha, bellashuvlar "Humo arena" majmuasida tashkil etiladi.
Professional kurash Ligasi — PWL axborot xizmatining xabar berishicha, turnir doirasida O'zbekiston terma jamoasi safida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida g'alaba qozongan erkin kurashchi Razambek Jamalov, rossiyalik Zaur Uguev va AQSH vakili Kayl Snayder kabi mashhur atletlar ishtirok etadi.
Avvalroq, UWW_UZB nashri musobaqaning markaziy bahsi Razambek Jamalov hamda Zaurbek Sidakov o'rtasida kechishi haqida xabar bergandi.

Havola :
Manba : instagram.com/wrestliga_com
Fikrlar