So’nggi yangiliklar

11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0

06 may 06:36
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkentda O'zbekiston va Franciya terma jamoalari qo'shma mashg'ulot o'tkazishyapti FOTOGALEREYA

Teglar :  O'zbekistonFranciya
Xabaringiz bor, shu yilning 5-6 fevral kunlari Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tgan edi.

Ushbu musobaqa yakunlanganidan so'ng Franciya va O'zbekiston dzyudo federaciyalari prezidentlari ishtirokida uchrashuv tashkil etilgandi. 

Unda Franciya dzyudo federaciyasi prezidenti Stefan Nomis hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov har ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik masalalari, istiqboldagi tomonlar uchun birdek manfaatli bo'lgan rejalar yuzasidan fikr almashishgandi. Do'stona ruhdagi uchrashuv yakunida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. 

Unga ko'ra, muhim musobaqalar oldidan ikki davlat terma jamoalarining qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar o'tkazish, tajriba almashish kabi qator muhim yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olingandi. 

Ana shu kelishuv doirasida franciyalik dzyudochilar poytaxtimizga o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun kelishdi. Qo'shma mashg'ulotlarda yoshlarimiz bilan birga Ilias Iliadis murabbiyligidagi kattalar terma jamoamiz ham ishtirok etyapti.  

Takidlash joiz, Tokio Olimpiadasidan keyin dzyudochimiz Davlat Bobonov Franciyaning "Pari-Sen Jermen" klubi bilan shartnoma imzolagandi. U jamoasi safidagi ilk musobaqasidayoq bosh sovringa ega chiqqandi. "Pari-Sen Jermen" klublar o'rtasidagi Evropa Ligasi g'olibiga aylanish bilan birga Evropa CHempionlar ligasi yo'llanmasini ham qo'lga kiritgandi. Bobonovning o'zi to'rtta bellashuvda ham raqiblarini engib, jamoasining umumiy g'alabasiga munosib ulush qo'shgandi. 

Malumot uchun, bugungi kunda Franciyada dzyudo bilan muntazam shug'ullanuvchilar soni 550 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. Ularga 15 ming nafarga yaqin oliy toifali murabbiylar dzyudo sir-asrorlarini o'rgatib kelishyapti. Franciya dzyudosi haqidagi tasavvurlarimiz uch karra Olimpiada, o'n bir karra jahon, besh karra Evropa chempioni, afsonaviy Teddi Riner misolida gavdalanadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing