23 jan 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkentda prof boks oqshomi o'tkaziladi, unda ikki Parij Olimpiada chempionimiz ham jang qiladi + POSTER
28 yanvar kuni poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida Lift promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Oqshom doirasida Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari g'oliblari Abdumalik Xalokov hamda Lazizbek Mullojonov professional boksdagi navbatdagi janglarini o'tkazishadi. Bundan tashqari, mazkur turnir doirasida yana bir hamyurtimiz Suxrobjon Qayumov ham ringga chiqadi.
Bokschilarga o'sha kuni kimlar raqib bo'lishi nomalum. Turnir doirasida Abdumalik Xalokov 6, Lazizbek Mullojonov esa 8 raundlik jangda ishtirok etadi. Xalokov shu kungacha prof boksda 1 ta, Mullojonov esa 4 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Malumot o'rnida, Lift promouterlik kompaniyasi o'zining so'nggi boks oqshomini 2023 yilning 17 noyabr kuni "Humo Arena"da o'tkazgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar