So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

08 may 15:38
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkentda RADOCA (Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti)ning navbatdagi yig'ilishi boshlandi

Teglar :  AntidopingWADA
Poytaxtimiz Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA)ning navbatdagi yig'ilishiga mezbonlik qilmoqda.

Bu safargi forum kun tartibidan tashkilotning 2017-2018 yillardagi faoliyati yuzasidan hisobot, doping-nazorati qoidalari, yuzaga keladigan turli holatlarni tahlil qilish, sessiya muhokamasi, 2018-2019 yillar uchun reja va boshqa turli masalalar o'rin olgan.

Bugun poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasida forum ochilishiga bag'ishlangan miting tashkil qilindi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Butunjahon antidoping agentligining Osiyo-Okeaniya ofisi direktori Kazuxiro Xayashi (Yaponiya), Qozog'iston Milliy antidoping markazi direktori Mayra Bakasheva (Qozog'iston) va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Tadbirni Mayra Bakasheva ochib berdi. Mutaxassis o'z chiqishida ushbu tashkil qilinayotgan miting kun tartibi, unda ko'rilajak masalalar haqida gapirib o'tdi.

«Bu erda ekanligimdan xursandman. Iliq kutib olishgani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ushbu forum davomida turli masalalarni muhokama qilamiz. SHuningdek, kelajakda amalga oshiriladigan ishlar rejasini ham tuzib olmoqchimiz» – dedi Mayra Bakasheva.

SHundan so'ng O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotib Jasur Matchanov O'zbekiston mana shunday muhim nufuzli tadbirga mezbonlik qilayotganidan juda mamnun ekanligini malum qildi.

«Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar. O'zbekistonga hush kelibsiz. Sizlarni bu erda ko'rib turganimizdan xursandmiz. Yil mamlakatimiz uchun esda qolarli kechmoqda. Eng avvalo, O'zbekiston milliy antidoping agentligi tashkil etilganini sizlarga mamnuniyat bilan malum qilishni istardim. SHuningdek mana, Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti yig'ilishini o'tkazish sharafiga muyassar bo'ldik.

Bu O'zbekistonda halol sportni taminlashga qaratilgan navbatdagi qadamdir. Bu borada siz bilan hamkorlik qilish biz uchun katta ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd etib o'tishni istardim», – dedi Jasur Matchanov.

SHundan so'ng Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Osiyo-Okeaniya ofisi direktori Kazuxiro Xayashi so'zga chiqib, O'zbekistonda sport taraqqiy topayotgani haqida gapirdi. Bunga misol sifatida Rioda o'tkazilgan Olimpiya va Paralimiya o'yinlaridagi natijalarni ko'rsatib o'tdi. SHuningdek, u bunday tadbirlar sport rivoji yo'lida katta ahamiyatga ega ekanligi, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash lozimligi haqida gapirib o'tdi.

Miting yakunida Xayashi MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanovga antidoping agentligining esdalik sovg'asini taqdim etdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu forumda Qozog'iston, Qirg'iziston, Afg'oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo'g'uliston, Pokiston kabi mamlakatlar Milliy antidoping agentligi mutaxassislari, shuningdek, Yaponiya, Peru, Polshadan WADA vakillari ham ishtirok etishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing