So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

30 apr 17:00
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

Toshkentda "Salomatlik sari" marafoni bo'lib o'tdi

Teglar :  Marafon
Kecha, 29 aprel kuni poytaxtimizda "Salomatlik sari" ommaviy yugurish tadbirlari o'tkazildi.

O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasi tashabbusi bilan qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, oilalarda va mehnat jamoalarida sog'lom muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur salomatlik akciyasida o'ttiz besh mingga yaqin turli soha xodimlari, faxriylar, xotin-qizlar, yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirning Toshkent shahrida bo'lib o'tgan musobaqalarida to'rt mingdan ortiq ishtirokchi o'z shijoati, irodasi, matonati va tezkorligini namoyon qildi. 

...Ertalabdan Nukus va Oybek ko'chalari chorrahasi musobaqa ishtirokchilari bilan gavjum. Ular "Salomatlik sari" ommaviy yugurish tadbirining boshlanishini katta hayajon bilan kutmoqda. Musobaqaga start beriladi. 

Musobaqa qatnashchilari Oybek, Afrosiyob, SHarof Rashidov, Islom Karimov ko'chalari bo'ylab Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat akademik katta teatriga qadar bo'lgan masofani bosib o'tdi. 

34- (1-o'rin).JPG


Musobaqa g'olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag'ishlangan tantanali tadbirda O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi kengashi raisi o'rinbosari B.Mahmadaliev va boshqalar mamlakatimizda aholining salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashning muhim omili sifatida jismoniy tarbiya va sport rivojiga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida etibor qaratilayotganini alohida takidladi. Bu jarayonda turli musobaqalar, ommaviy sport tadbirlari yoshlarning sportga qiziqishini yanada oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. 

– Jismonan va ruhan sog'lom bo'lib yurishda sportning ahamiyati beqiyos, – deydi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Abdurashid Meliboev. – Bu kabi musobaqalar turli soha xodimlarining faolligini va mehnat faoliyatining unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. 

– Bunday tadbirlar jamiyatda sog'lom muhit barqaror bo'lishi, yoshlarning turli salbiy illatlardan mustahkam immunitet hosil qilishiga katta zamin yaratadi, – deydi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi Kumush Matyoqubova. – Bugungi tadbirda g'alaba qozonganimdan xursandman. Bu tadbir nafaqat o'z mahoratimni namoyish etish, balki, turli oliy talim muassasalarida tahsil olayotgan tengdoshlarim orasida yangi do'stlar topish imkonini ham berdi. 

Musobaqa g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir qatnashchilari "Eng yoshi ulug' ishtirokchi", "Eng yosh ishtirokchi", "G'alabaga bo'lgan intilishi uchun" singari turli nominaciyalar bo'yicha ham rag'batlantirildi. 


Bayram Aytmurodov, Yolqin SHamsiddinov (surat), O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing