So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

10 may 13:40
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Toshkentda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi

Bugun poytaxtimizda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati start oldi.


"O'zbekiston" sport majmuasi mezbonlik qiladigan qita chempionati oktyabr oyida Buenos-Ayres shahrida o'tkaziladigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar ham taqdim etadi.

Ushbu musobaqada Osiyoning Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Iordaniya, Yaponiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Mo'g'uliston, Pokiston, Singapur, Suriya, Tailand, Tojikiston, Turkmaniston, Tayvan, Yaman va O'zbekiston kabi 21 ta davlatidan 400 nafarga yaqin sportchi va murabbiylar ishtirok etadilar.

Malumot uchun, har uchchala yo'nalish (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo'yicha beshta vazn toifasida (o'smirlar Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan vaznlar) chempionlikni qo'lga kiritgan sportchilar licenziya sohibiga aylanadilar. Demak, qita chempionatida o'smirlar Olimpiya o'yinlariga jami 15 ta licenziya o'z egasini topadi.

Musobaqada umumiy hisobda 30 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Qayd etish lozimki, ushbu musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar oltin medallardan tashqari, Osiyo chempionatlari tarixida ilk marotaba tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan maxsus chempionlik kamariga ham ega bo'ladilar.

Ayni paytda yunon-rum kurashi bo'yicha –45, -48, -51, -55, -60, -92, -110kg vazn toifalarida finalchilar aniqlanmoqda.

Hozircha hamyurtlarimizdan L.O'zbekov (-51kg) qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, keyingi davraga yo'l oldi. K.Yunusxonov (-45kg) va Muhammadali Saydullaev -(110kg)lar esa afsuski ilk bosqichdayoq imkoniyatni boy berib qo'yishdi.  

Soat 17:30da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. 18:00dan boshlab esa final bellashuvlari start oladi. Demak, Buenos-Ayresga dastlabki yo'llanmalar egalari nomi aniq bo'ladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing