11 fev 09:39
Yangiliklar
Toshkentda taekvondo bo'yicha xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tmoqda
Unda terma jamoamiz vakillari qatori Afg'oniston, Ukraina va Gruziyadan kelgan taekvondo ustalari ham ishtirok etishmoqda.
Yig'inda O'zbekiston terma jamoasi har bir vazn toifasida asosiy sportchilar bilan ishtirok etayotgan bo'lsa, qolgan mamlakatdan quyidagi taekvondo ustalari tashrif buyurgan: Zahro Mirzae, Somaeh G'ulomi, Muhsin Rizoe, Farzad Mansuri, Mohd Bashir Taraki, Hussayin Lutfi, Hikmatulloh Zayn, Omid Sahak (barchasi Afg'oniston), Beka Kavtaradze, Zurab Kincurashvili (ikkisi Gruziya), Irina Romoldanova, Tatyana Teterevyatnikova, Bondar Vladislav, Voronovskiy Denis (barchasi Ukraina). SHuningdek, har bir jamoadan 1 nafardan murabbiylar ham yig'inda qatnashmoqda.
Takidlash joiz, ushbu qo'shma yig'inlar jamoamizni bahorda o'tadigan licenzion musobaqa va Osiyo chempionatiga tayyorlashda asosiy bosqichlardan biri bo'lib xizmat qiladi.
Fikrlar