So’nggi yangiliklar

19:23Терма жамоамиз Dushanbe Grand Slam турнирини 5 та медаль билан якунлади 0 19:02"Жон Жонс ҳамон чемпион. Нега Махачевдан камарни олиб қўйиш керак?" - Кормье 0 18:39Каземиро МЮда Роналду даражасида пул ишлашни бошлаши мумкин 0 18:18WBC раҳбари Пакьяонинг нима сабабдан боксга қайтишга қарор қилганини тушунтирди 0 17:53Queensberry промоутерлик компанияси Париж-2024 Олимпиадаси совриндори билан шартнома имзолади 0 17:25"Оила дардига шерикман". Нганну 17 ёшли қиз вафотидан кейин илк бор баёнот берди 0 17:02"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси фаолиятини Саудияда давом эттириши мумкин 0 16:38Пётр Ян Кори Сэндхагеннинг ғалабасига муносабат билдирди 0 16:16Виржил Ортис: "Кроуфорд яна бир-иккита жангдан кейин фаолиятини якунлайди" 0 15:52Дмитрий Бивол йил охирида Бетербиев билан жанг қилишга умид қилмоқда 0 15:25ПСЖ "Реал" футболчисига ажойиб таклиф билан чиқди 0 15:02Турки Ал аш Шайҳ: "Канело - Кроуфорд жангида менга дўстим Дана Уайт ёрдам беради" 0 14:39Саидёқуб Қаҳрамонов UFC чемпиони Белал Муҳаммад билан машғулотдан сурат жойлади (ФОТО) 0 14:17Сауль Альварес фаолиятидаги 63-ғалабани қўлга киритди 0 13:55"Реал" Родригони сотиши мумкин, унга "Ман Сити" ва "Арсенал" қизиқмоқда 0

01 dek 14:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Toshkentda Xabib Nurmagomedov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi (BATAFSIL)

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida Xabib Nurmagomedov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifa orqali matbuot anjumani ONLAYN tarzda olib borildi. 


SHu tariqa Xabib Nurmagomedov ishtirokidagi matbuot anjumani yakunlandi. 


Xaver Mendes: Barchaga rahmat. Ushbu matbuot anjumanini tashkil etilganidan xursandman. Bu erda kuchli sportchilar bor, sizlarda ajoyib taekvondochi, dzyudochi va bokschilar bor. Sizda potencial yuqori, agar ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa sportchilaringizga teng keladiganlar topilmaydi. O'tgan safargi tashrifim davomida menga O'zbekiston fuqaroligini qabul qilish taklifi bo'lgandi. Men bundan faqat xursand bo'laman.


-O'zbek sportchilaridan kimlarni kuzatasiz?

-So'nggi Olimpiadada O'zbekiston yaxshi natijalarga erishdi. Sizlarda sportda katta yutuqlarga erishayotgan sportchilaringiz bor, jumladan Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Hasanboy Do'smatovni misol qilishim mumkin. Sportchilaringizga yaxshi sharoitlar yaratilmoqda. Bu ular uchun eng muhimidir. Navbatdagi musobaqalarda yanada muvaffaqiyatli ishtirok etishingizni tilayman.


-O'zbekistonda MMA promousheni ochish haqida qanday fikrdasiz?

-Promoushen ochish juda yaxshi fikr. Muxlislar to'planadi, reklama bo'ladi. 


Anjuman davomida shuningdek Xabib Nurmagomedov sportda natijaga erishishda intizom muhim ahamiyatga ega ekanligini takidladi. 


- Sambochidan savol:  Sambo MMAga eng yaqin sport turlaridan biri hisoblanadi. Bizning sportchilar ham sizning darajaga chiqish uchun nima qilishlari lozim bo'ladi?

- Sambo Rossiyaning sporti. MMA va jangovar sambo bir-biriga eng yaqin sport turlari hisoblanadi. Ikkalasida ham qattiq kurash kechadi. Sambo men uchun MMAga o'tish uchun trampolin bo'lgan. MMA rivojlanish va taniqlilik bo'yicha yuqorida turadi. 


- Sizga qanaqa musiqalar yoki filmlar yoqadi?

-Men futbol ko'rishni yoqtiraman. Yana ko'plab qiziqishlarim bor. 


-O'zbek va xorijiy murabbiylarning tajriba almashishi, qo'shma yig'inlarning qay darajada muhim deb hisoblaysiz?

-Buning ahamiyati katta. Bu borada sizlarda juda yaxshi murabbiylar ishga jalb qilinmoqda. 


-MMA sporti Olimpiya oilasiga kirishi ushbu sportning rivojiga hissa qo'shishi mumkin deb hisoblaysizmi?

-Bu borada ish olib borilmoqda. Agar Parijda bo'lmasa, Los-Anjelesda bu amalga oshishi mumkin. Ko'plab mamlakatlarda MMA federaciyalari bor. Birgina masala - bu qonli sport turi. Olimpiadada esa bunday holatlar oqlanmaydi. Boksni ham hattoki bazida shunday sport turlari qatoriga kiritishadi. Yaqin vaqtlarda menda bu borada ko'p uchrashuvlar reja qilingan. Umid qilamanki, 2028 yilga borib MMAni Olimpiadada ko'rishimiz mumkin.


- O'tgan yili yurtimizda GFC turniri tashkil etilgandi. Bunday musobaqani yana O'zbekistonda tashkil etish rejasi bormi?

- Ha bizda bunday reja bor. 


Liliya SHakirovadan savol: O'zbek sportchilarining tayyorgarligi haqida, to'g'ri tayyorgarlik haqida nima deya olasiz?

Xabib: CHempionlik yo'lida katta mehnat talab etiladi. MMAda eng yaxshi tayyorgarlik - bu ko'p sparring o'tkazishdir. Bu tayyorgarlikning eng yaxshi yo'lidir. 


Xabib Nurmagomedov: Barchaga Assalomu alaykum. Birinchi navbatda o'zbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Janglarim davomida meni qo'llab-quvvatlab turdingiz, buni his qildim. Buning uchun rahmat. Mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish kerak. Ko'rib turibman, xalqaro arenalarda o'zbek jangchilari paydo bo'la boshladi. Sizlarda boks ham yaxshigina rivojlangan. Sizlardagi yigitlarning potencialini ko'rib turibman. 


Ravshan Ermatov: Barchaga hayrli kun. Sizni O'zbekistonda ko'rib turganimizdan xursandmiz. 


Rustam SHoabdurahmonov: "Assalomu alaykum bugungi anjuman ishtirokchilari. Barchangizni MOQda ko'rib turganimizdan xursandmiz. O'z hayot tarzi, ahloqi, natijalari bilan Xabib Nurmagomedov nafaqat o'z yurtida, balki boshqa mamlakatlarda ham yoshlarning kumiri hisoblanadi. Fursatdan foydalanib, sizga kelajakdagi faoliyatingizda omad tilaymiz. Mamlakatimiz - sport mamlakati. Bizning Prezidentimiz ham sportni yaxshi ko'radilar. Bu erda sportchilarimiz, murabbiylarimiz ham o'tirishibdi. Ularga ham qilayotgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Oldimizda katta vazifa turibdi. 


Matbuot anjumanida Xabib Nurmagomedovdan tashqari uning murabbiyi Xaver Mendes, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, bosh kotib Oybek Kasimov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov ham ishtirok etmoqda.


Sportchi Milliy olimpiya qo'mitasiga etib keldi. Matbuot anjumani boshlanishiga oz vaqt qoldi.


Xabib Toshkentdagi sport zallarining birida mashg'ulot o'tkazdi va Milliy olimpiya qo'mitasi binosiga kelmoqda.


Matbuot anjumani birozdan so'ng boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing