So’nggi yangiliklar

11:58Чимаев Макгрегор билан таққослашларига муносабат билдирди 0 11:36Артур Таймазов: "Ўзбек халқи билан учраштиргани учун тақдиримдан миннатдорман" 0 11:15Octagon League Одилхон, Эркебулан ва Камил Каратэнинг кейинги рақиблари ким бўлишини эълон қилди, Камолов укаси учун қасос олмоқчи! 0 10:50Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум 0 10:29Хамзат Чимаев учта вазн тоифасида чемпионлик учун жанг қилмоқчи 0 10:08Қатар 2036 йилги Олимпия ўйинларини ўзида қабул қилиш ниятида 0 09:47Польшалик боксчи Жалоловни оғир вазннинг янги истиқболи сифатида таърифлади 0 09:26Суперлига. Бугун иккита учрашув бор 0 09:05Бугун Осиё чемпионатида U-19 ёш тоифасидаги чорак финал баҳслари ўтказилади, унда 10 нафар ҳамюртимиз рингга чиқади 0 08:44Жаҳон рейтинги янгиланди: пара таэквондочиларимиз етакчилар қаторида 0 08:23Бокс: U-22 терма жамоамиз Осиё чемпионати ярим финал баҳсларини якунлади 0 08:02U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди 0 07:40Қозоғистон ҳақиқатдан ҳам Болтаев - Консбеков жанги юзасидан шикоят қилдими? 0 07:12Аюбхон Бахтиёров WBC Гран-присидаги кейинги жангини мексикалик боксчига қарши ўтказади + ПОСТЕР 0 19:33Фигурали учиш бўйича Ўзбекистон чемпионати бошланди, унда россиялик атлетлар ҳам иштирок этяпти 0

01 noy 20:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Toshkentda Xaver Mendes ishtirokida tadbir o'tkazildi. U Xabibning qaytishi haqida gapirdi FOTOGALEREYA

Xabar berganimizdek, MMA olamidagi afsonaviy murabbiylardan biri, ko'plab chempionlarni tayyorlab bergan Xaver Mendes Toshkentda mehmon bo'lib turibdi.

Xabib Nurmagomedovning ustozi hisoblangan Xaver 1978 yilda yakkakurash sport turlari bilan shug'ullana boshlagan. Avvaliga taekvondo, keyin esa kikboksing bilan oshno tutingan. 1985 yilda kikboksingga o'tgan Mendes 1992 yil jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritgan. 1995 yilda esa og'ir vaznda jahon chempioniga aylangan. 1996 yilda o'zini MMA, yani aralash yakkakurash janglarida sinab ko'rishga qaror qiladi. Aniqrog'i, sportchi emas, murabbiy sifatida Brayan Jonsonga kikboksing sir-asrorlarini o'rgatadi. Ayna o'sha onlardan etiboran Xaver Mendesning MMA olamidagi faoliyati boshlanadi. Uning UFC promoushenidagi ilk chempion shogirdi Frenk SHemrok bo'lgan. Frenk 1997 yilda Xaver qo'l ostida dunyoning eng kuchli MMA ligasida chempionlik kamarini qo'lga kiritgan. SHundan so'ng navbati bilan Keyn Velaskes, Deniel Korme, Lyuk Rokxold hamda Xabib Nurmagomedov ham Mendes boshchiligida UFC chempioni bo'lishadi. Yaqindagiga faoliyatini yakunlagan Korme ikki vaznda chempion bo'la olgan. Xabib esa mag'lubiyatsiz (29-0) faoliyatini tugatdi. Xaver asos solgan AQSHdagi AKA (American Kickboxing Academy) zali aynan yuqorida nomlari keltirilgan chempionlar evaziga butun dunyoda mashhur bo'lib ketgan.

Bugun ana shunday ism-sharifi katta xarflar bilan yoziladigan murabbiy ishtirokida matbuot anjumani hamda sportchilar uchun mahorat saboqlari tashkil etildi. Be Fit Pro sog'lomlashtirish markazida tashkil etilgan tadbirda nafaqat MMA sportchilari, balki boks, taekvondo, sambo, dzyudo kabi yakkakurash vakillari hozir bo'lishdi. Marosimning birinchi qismida sportchi va murabbiylar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Savol berganlar orasida dzyudo bo'yicha O'zbeekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, Olimpiada chempioni Ilias Iliadis ham bor edi.

- Yakkakurash sport turi vakillari musobaqa oldidan vazn tashlashda qiyinchilikka duch kelishadi. Sizningcha, bu holatda nimaga etibor berish kerak? 

- Birdaniga ko'p vazn tashlab bo'lmaydi. Sportchi ikki-uch kunda 6-8 kilogramm vaznni haydaydi. Men bu narsani to'g'ri deb hisoblamayman. Qisqa fursatda ko'p vazn tashlagan sportchining jismoniy holati talab darajasida bo'lmaydi. Katta energiya yo'qotishi natijasida kuchdan ketadi. Bu esa ko'pincha mag'lubiyatga olib keladi. SHu boisdan ham musobaqaga bir necha kun qolganda reja asosida ortiqcha vaznni yo'qotib borilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. 

Mendes eng yaxshi savol bergan sportchilarga dastxati tushirilgan MMA qo'lqopini taqdim etdi. Sovg'aga loyiq ko'rilganlar orasida dzyudo bo'yicha terma jamoamiz azosi Muzaffarbek To'raboev ham bor edi. 

SHundan so'ng Xaver Mendes ishtirokida master-klass, yani mahorat saboqlari tashkil etildi. Taniqli murabbiy MMA bo'yicha terma jamoamiz azolari bilan birga yarim soatdan oshiqroq vaqt mobaynida mashg'ulot o'tkazib berdi. 

O'zbekiston Aralash jang sanatlari associaciyasi rais o'rinbosari SHerzod Tashmatov mahorat saboqlari yakunida dzyudo, taekvondo, sambo va boks bo'yicha terma jamoamiz azolariga associaciya nomidan sovg'alar taqdim etdi.

Tadbirning so'nggi uchinchi qismida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o'tkazildi. Jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tabiiyki, savollarning aksariyati Mendesning chempion shogirdi Xabib Nurmagomedov haqida bo'ldi.

"Ochig'i, Xabibning faoliyatini yakunlashini ko'pchilik qatori u elon qilganidan so'ng eshitdim. U men bilan maslahatlashmadi. Qarorni o'zi qabul qildi. Bundan xafa bo'lganim yo'q. CHunki, u professional va aqlli sportchi. Nima qilayotganini juda yaxshi biladi. Xabib oktagonga qaytadimi? To'g'risi, buni bilmayman. Agar onasi unga ruxsat bersa, biz Xabibni yana oktagonda ko'ramiz", - dedi Mendes.          

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing