21 jan 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentda yilning dastlabki boks musobaqasi boshlandi
Bugun poytaxtimizda 2021 yil hisobidan dastlabki musobaqa boshlandi.
O'zbekiston boks faxriylariga bag'ishlangan musobaqada 2007-2008 yillarda tug'ilgan bokschilar ishtirok etishmoqda.
Turnirda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 366 nafar bokschi 15 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Bellashuvlarga poytaxtimizdagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi mezbonlik qilmoqda. Musobaqa 26 yanvarga qadar davom etadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar