14 noy 15:00
Yangiliklar
Toshkentdagi boks oqshomi uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda? Janglarni qaysi telekanal namoyish etishi ham malum
Turnirning asosiy jangi superog'ir vaznda o'tkaziladi. Ringda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar Bahodir Jalolov (16-0-0) hamda nigeriyalik Solomon Adebayo (14-0-0) o'zaro to'qnash keladi.
Oqoshomning co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi. Unda charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov (17-0-0) rossiyalik Mark Urvanov (25-4-2)ga qarshi ringga ko'tariladi. G'iyosov prof boksda 17 ta jang o'tkazgan bo'lib, barchasida g'alaba qozongan. Urvanov 25 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. Har ikki jang 8 raund etib belgilangan.
Malum bo'lishicha, turnir uchun chiptalar narxi 50 000 so'mdan boshlanib, 1 mln 200 ming so'mgacha sotilmoqda. Bellashuvlarni Setanta Sports platformasi namoyish etishi belgilangan.
Janglar soat 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar