22 apr 17:41
Yangiliklar
Ot Sporti
Toshkentdagi Evrosiyo ligasining birinchi bosqichida dastlabki g'oliblar aniqlandi
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida konkur bo'yicha Jahon kubogi Evrosiyo ligasining birinchi bosqichiga start berildi.
Unda Evrosiyo ligasiga azo Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston kabi 11 mamlakatning sara chavandozlari g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
CSI1*-W tasnifidagi musobaqaning birinchi kunida sportchilar 120 va 130 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash yo'nalishida o'zaro bellashishdi. Ahamiyatlisi, balandligi 120 smni tashkil etgan to'siqlarni zabt etishda O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev g'alaba qozondi. SHuningdek, 130 smli to'siqlarda qirg'izistonlik Andrey Tryapicin eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo'lga kiritishdi. Musobaqa dasturidan o'rin olgan navbatdagi bellashuvlar 22-23 aprel kunlari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar