20 may 19:27
Yangiliklar
Toshkentdagi licenzion turnirda Parij-2024 yo'llanmalari eronlik sportchilarniki bo'ldi
Musobaqada O'zbekiston, Qozog'iston, Eron, Qirg'iziston va Turkmaniston jami 18 nafar erkak va ayol sportchilar Olimpiya o'yinlari yo'llanmalari uchun kurash olib bordi.
Markaziy Osiyo mintaqaviy Olimpiya saralash bosqichida eronlik sportchilar - Neda SHaxsavari erkaklar o'rtasida, Nima Alamiyan esa ayollar o'rtasida birinchi o'rinni egallagan holda Parij Olimpiadasi yo'llanmalariga ega chiqdi.
Qo'lga kiritilgan g'alabalar oraqli eronlik stol tennisichilar o'zlarining 3-Olimpiya o'yinlari ishtirok etadigan bo'ldi.
Malumot uchun, turnir doirasida qizlarimiz Rozalina Xadjieva va Marhabo Magdieva guruh bosqichidan chiqa olishmadi. Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda esa SHohruh Iskandarov chorak, Zohid Kenjaev yarim finalda imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar