02 okt 07:55
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Toshkentdagi musobaqada g'olib bo'lgan Tojikiston bokschisi Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritdi
Xanchjouda 19-Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
Kecha musobaqa doirasida -92 kg vazn toifasida yarim finallar o'tkazildi. Unda Tojikiston boks terma jamoasi azosi Davlat Boltaev Janubiy Koreya vakilini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi va Parij Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritdi. Ushbu vaznda ikkinchi finalchi xitoylik Xuejen Xan bo'ldi. U chorak finalda hamyurtimiz Lazizbek Mullojonovni, yarim finalda esa qozog'istonlik Sagindik Togambayni musobaqadan chiqarib yubordi.
Malumot uchun, tojikistonlik Davlat Boltaev o'tgan yili Toshkentda o'tkazilgan U-22 Osiyo chempionatida barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar