23 apr 10:34
Yangiliklar
Gimnastika
Toshkentdan so'ng gimnastika karvoni Bokuga yo'l oldi
Kecha Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boshlandi.
24 aprelga qadar davom etadigan musobaqada terma jamoamiz vakilalari ham ishtirok etishadi.
Boku bosqichida dunyoning 31 mamlakatidan 140 nafar gimnastikachi qatnashmoqda. Ulardan 44 nafari yakkalik, 96 nafari esa guruh mashqlari uchun ro'yxatdan o'tgan.
Ahamiyatlisi, ushbu bosqichda Toshkentda o'tgan bosqich qahramonlari yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Taxmina Ikromova yakkalik dasturida, SHahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyazova, Nilufar Azamova, Mumtoza Ishoqzoda, Mariya Pak va Xurshida Abduraufova guruh mashqlarida ishtirok etishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar