So’nggi yangiliklar

19:04Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланиши маълум 0 18:40Дмитрий Биволга Ислам Махачев билан жанг ҳақида савол беришди, боксчи эса бунга жавоб берди 0 18:17Усикнинг собиқ промоутери Александрга фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 17:45Мураббий Махачевнинг қайтиш муддатини тасдиқлади 0 17:17Дмитрий Бивол Дана Уайт билан ҳам музокара ўтказганини айтди 0 16:39Моуринью "Интер" ҳимоячисини "Реал"га ўтишга кўндирди 0 16:16Бекзод Абдураҳмонов Чимаев билан бир оқшомда жанг қилади 0 15:39Тайсон Фьюри кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 15:12Александр Усик 100 миллион доллар гонорар олдими? Боксчининг ўзи жавоб берди 0 14:40"Реал" Гвардиола кетганидан кейин "Сити" юлдузининг трансферини кўриб чиқишни режалаштирмоқда — The Sun 0 14:16Сауль Альварес Кроуфорд билан реваншни истамоқда 0 13:44Оқ уй ҳудудида UFC турнири учун қурилиш ишлари бошланди 0 13:20Александр Усик кимларни кейинги рақиб сифатида кўраётганини айтди 0 12:54Альварес "Барселона"га ўтиш учун "Атлетико" билан шартномани узайтиришни рад этди — Marca 0 12:30Ҳаваскор бокс ҳакамлигида сунъий интеллект жорий қилиниши мумкин 0

18 apr 17:13
Yangiliklar

Ot Sporti

Toshkentga konkur havosi kirib kelmoqda

Teglar :  Ot sportiKonkur
Toshkentda konkur musobaqasi o'tkaziladi.

21-23 aprel kunlari poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida konkur bo'yicha ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan Jahon kubogining Evrosiyo ligasi bosqichi, 27-30 aprel kunlari esa Evrosiyo ligasining Millatlar kubogi hamda "Maxsima Masters" Gran-pri turniri bo'lib o'tadi.

17 aprel kuni mazkur musobaqada ishtirok etadigan sport otlari Frankfurt-Toshkent yo'nalishi bo'yicha maxsus reysda poytaxtimizga olib kelindi. Tulporlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan belgilangan tartibda bazaga jo'natildi.

Otlar bir necha kunlik tiklanish jarayoni, sanitar ko'riklardan so'ng mashg'ulotlarga qo'yiladi. Eslatib o'tamiz, Evrosiyo ligasi bosqichilarining yakunida kelasi yil bo'lib o'tadigan Jahon kubogining final bosqichi ishtirokchisi aniqlab olinadi.

Mazkur nufuzli musobaqaga Evrosiyo ligasiga kiruvchi 11 mamlakatdan tashrif buyuradigan chavandozlar, shuningdek, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining taklifiga binoan SHveciya, Germaniya, Franciya, Italiya, Niderlandiya, Polsha, Xitoy, Yaponiya, Oman, Qatar, Eron, Hindiston kabi 20 mamlakatdan mehmonlar kelishadi.

Demak, ot sporti ishqibozlarini 21-23 va 27-30 aprel kunlari “Universal Horses Stable” majmuasida o'tadigan qiziqarli bellashuvlarni tomosha qilishga taklif etamiz. Musobaqaga kirish bepul.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing