So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

17 avg 11:04
Yangiliklar

Gimnastika, Taekvondo

To'ylar muborak! Yana bir sportchilar oilasi yuzaga kelmoqda + FOTO

Teglar :  Niyoz Po'latov
So'nggi paytlarda sportchilarimizning o'zaro oila qurishlari ananaga aylanib boryapti.

Uch kun avval erkin kurashchimiz, Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov hamda taekvondo bo'yicha terma jmoamiz azosi Nigora Tursunqulovaning nikoh oqshomi bo'lib o'tgandi. 

SHuningdek, Uzbek Tigers jamoasidagi chiqishlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan, hozirda faoliyatini professional boksda davom ettirish istagida bo'lib turgan Abror Qodirov tez orada Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Tursunoy Rahimova bilan hayot yo'llarini bog'laydi. Kuni kecha yoshlarning unashtiruv marosimi (fotixa to'yi) ham o'tkazildi.     

Endi navbat taekvondo va badiiy gimnastika sport turlari vakillariga etib keldi. Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Niyoz Po'latov badiiy gimnastikachimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Sabina Tashkenbaevaga uylanyapti. 

1998 yili dunyoga kelgan Po'latov 2015 yil Xitoy Taypeyida o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida bronza, 2018 yil Xoshiminda o'tgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida bronza, 2018 yil Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida kumush, 2019 yil Uxandagi Butunjahon Armiya o'yinlarida bronza, 2019 yil Neapolda o'tgan Universiadada kumush medalni qo'lga kiritgan.

Sabina Talat qizi Tashkenbaeva 2000 yil 27 noyabr kuni Toshkentda tug'ilgan. 6 yoshidan beri ushbu sport turi bilan shug'ullanadi. Birinchi murabbiyi Irina Jumaeva. 2013 yildan terma jamoa tarkibiga jalb qilingan.

2017, 2018 va 2019 yillar qatorasiga qitamizning eng kuchli badiiy gimnastikachisi ekanini isbotlagan. 2017 yil Islom birdamligi, 2018 yil Osiyo o'yinlarida sovrindor bo'lgan.

2018 yil poytaxtimiz mezbonlik qilgan Jahon kubogida bulavadagi mashqda kumush medalni qo'lga kiritgan. 2021 yil Jahon kubogi bosqichlarida to'plangan ballar yakuni bo'yicha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgandi.  

Xullas, yuzaga kelayotgan yana bir sportchilar oilasiga baxt tilaymiz! 

Reyting: +4   

Fikrlar

   
18 avg 08:06:44
Mirzaev Sanjar
yowlarga baxt tilaymiz.
   
17 avg 22:07:06
Bulent
Sabina shunga Tokiyoga bormaganmidi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing