20 may 12:59
Yangiliklar
Velosport, Engil atletika, Suv sporti turlari
Triatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilyapti
Navoiy shahrida olimpiya sport turi hisoblangan triatlon bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start berildi.
Bellashuvlarda Respublikamizning barcha hududlaridan jami 137 nafar sportchi o'z omadini sinab ko'rmoqda. Bahslar uchta yosh toifasida tashkil etilgan.
Unda atletlar suzish, velopoyga hamda yugurish bo'yicha bellashadilar.
2001-2003 yilda tug'ilgan sportchilar:
Suzish – 750 metr
Velopoyga – 10 km
Yugurish – 2,5 km
1999-2000 yilda tug'ilgan sportchilar:
Suzish – 750 metr
Velopoyga – 20 km
Yugurish – 5 km
1998 va undan katta sportchilar:
Suzish – 1,5 km
Velopoyga – 40 km
Yugurish – 10 km
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar