So’nggi yangiliklar

19:30Трилогия Бетербиевга керак эмас. Нима учун? Таҳлил қилиб кўрамиз 0 19:08"Илия Топурияга енгил вазнда чемпионлик жанги учун имкон берардим" - Дастин Порье 0 18:45"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи 0 18:23Магомед Анкалаев Перейранинг хатосига умид қилмоқда 0 18:01Дмитрий Бивол: "Ҳозирча нима қилиб қўйганимни ҳис қилганим йўқ" 0 17:38Топурия Царукян билан даъвогарлик жангида қатнашмоқчи эмас, у енгил вазнда чемпионлик жангини истайди 0 17:17Шомуродов «Рома» сафида энг яхши натижани қайд этмоқда 0 16:54Муроджон Аҳмадалиевнинг менежери: "Наоя Иноуэ жамоаси билан музокараларимиз ижобий кетяпти" 0 16:26Усик супероғир вазн тоифасида кейинги мутлақ чемпион ким бўлиши мумкинлигини тахмин қилди 0 16:03Исроил Мадримов Теренс Кроуфорд Виржил Ортисни мағлуб этишини тахмин қилди 0 15:39Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади 0 15:17Бугун Қозоғистонда спорт курашлари бўйича PWL 8 турнири ташкил этилади. Унда Ғуломжон Абдуллаев россиялик Заур Угуев билан тўқнаш келади 0 14:52Рамазон Темиров UFC институтига етиб борди (ФОТО) 0 14:27Жастин Гэтжининг UFC 313 турниридаги жанги бекор қилинди 0 14:05Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди 0

25 fev 19:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Trilogiya Beterbievga kerak emas. Nima uchun? Tahlil qilib ko'ramiz

Birinchi yarimog'ir vazn toifasining endilikda sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev bir necha kun oldin kamarlarini Dmitriy Bivolga boy berdi.

Endi nima qilish kerak? 

Oktyabr oyida natijasi bahslarga sabab bo'lgan, Dmitriy Bivol ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, Artur Beterbiev revansh jangini yutqazdi – bu galgi natijaga hech kim shubha qilmadi.

Beterbiev yo'qotilgan chempionlik kamarlarini qaytarish uchun darhol uchinchi jangni o'tkazish niyatida ekanini elon qildi. U hatto Bivol bilan qo'l siqishdan ham bosh tortdi va bu orqali qarama-qarshilik hali yana davom etishiga ishaora qildi.



Lekin unga haqiqatan ham uchinchi jang kerakmi?

Beterbiev Bivol singari tayyorgarlik ko'rishga ulgurmaydi. U allaqachon 40 yoshda.

Agar uning Aleksandr Usik va 2008 yil Pekin Olimpiadasida xitoylik Jang Syaopinga qarshi yutqazgan janglari bahsli bo'lgan bo'lsa, Bivolga qarshi mag'lubiyati borasida xech qanday shubhalar yo'q, u aniq yutqazdi. G'olib elon qilinganida Beterbievning yuzidan ham mag'lubiyatni tan olganini ko'rish mumkin edi.

Lekin Beterbievning buyuk bokschi ekanligini qayd etib qo'yish kerak: uning havaskor boksdagi faoliyatini ham hisobga olsak, hech qachon katta farq bilan mag'lub bo'lmagan. Uning havaskor boksdagi mag'lubiyatlari yo juda yaqin, yoki bahsli bo'lgan. U 20 yildan ortiq vaqt davomida yuqori saviyada jangar o'tkazib kelmoqda. Hozir esa 40 yoshda va bu bosqichda u sekin-asta kuchsizlanayotgani tabiiy hol.



Bivolni uchinchi jangda mag'lub etish uchun Beterbiev o'yin taktikasi va yondashuvini keskin o'zgartirishi kerak bo'ladi. Lekin u buni shu darajada sifatli bajara oladimi? Yo'q, bu muammolar javob jangi oldidan ham ko'zga tashlangan edi. Beterbiev Bivolga qarshi bosim o'tkazishdan boshqa taktikani qo'llamadi. Masalan, birinchi jangda u beshinchi raundda faol harakatga o'tgan bo'lsa, javob jangida uchinchi raunddayoq kuchli bosimni boshladi. Lekin bu ham g'alaba uchun etarli bo'lmadi.

Bivol javob jangida aynan birinchi jangda qilish kerak bo'lgan o'zgarishlarni qildi – uning boks uslubidagi yangiliklar yaqqol ko'zga tashlandi. Beterbiev esa butun professional faoliyati davomida tejamkor bosimli uslubda jang qilgan, ammo yoshi o'tishi bilan uning hujumlar oralig'i kattalashdi va Bivol aynan shu jihatdan foydalandi.

Hozir Beterbievning katta o'zgarishlar qilishga vaqti yo'q. CHunki u 40 yoshda. SHuningdek, 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlagan uslubini keskin o'zgartirish ham mantiqsiz bo'ladi. Beterbievning asosiy muammosi – u endi havaskorlik davridek kuchli va tezkor zarbalar yo'llay olmaydi. SHuningdek, u raqibini burchakqa qamash uchun etarli tezkor oyoq harakatlariga ham ega emas – Bivol esa aynan shu nuqsondan unga qarshi foydalandi.

Uchinchi jangning scenariysi o'zgarmaydi, hatto ikkinchi jang bilan orasida yarim yil yoki bir yil o'tsa ham. Beterbiev xuddi shunday bosim va agressiyaga tayanadi, Bivol esa bunga tayyor bo'ladi. Agar hamma narsa oldindan aniq bo'lsa, nega yana uchinchi jang kerak?

Eng muhimi – agar uchinchi jangda ham mag'lub bo'lsa, Beterbievda boksda qolishga motivaciya qoladimi?



Agar uchinchi jang bo'lmasa, Beterbiev uchun keyingi qadam qanday bo'lishi kerak?

40 yoshiga qaramay, Beterbiev juda yaxshi jismoniy holatda va shu bois u hali ham dunyo boksida yuqori darajali bokschilardan bo'lib qolaveradi. Javob jangida mag'lub bo'lsa ham, u reytinglarda top-3 ichida qoladi, hatto ayrim reytinglarda birinchi o'rinda ham saqlanib qolishi mumkin. Ammo Bivoldan uchraladigan ikkinchi mag'lubiyat uni chempionlik poygasidan chiqarib tashlaydi. SHu bois, o'z poziciyasini saqlash va yana bir chempionlik jangi uchun imkoniyatni qo'lga kiritish muhimroqdir.

Ha, Beterbievning yoshi o'tmoqda... Lekin bu faqat Bivolga qarshi janglarda ko'zga tashlandi. Sababi Bivol uni tezlikda mag'lub etdi. Lekin boshqa talabgorlar va top-prospektlarga qarshi janglarda u hali hamon favorit. CHunki u hali ham kuchli nokautchi va ulkan chidamkorlikka ega – bu esa har qanday raqib uchun katta muammo. SHu sababli, Beterbiev yana bir necha yil yuqori saviyada boks qila oladi.



Bivolsiz Beterbiev uchun boshqa variant bormi?

Agar Bivol bilan uchinchi jangdan voz kechilsa, boshqa variant – diviziondagi boshqa talabgorlarga qarshi janglardir. WBC prezidenti Maurisio Suleyman Bivol David Benavides bilan jang qilishi kerakligi haqida gapirgandi. Beterbiev esa David Morrel, Albert Ramires va Maykl Eyfertga qarshi jang qilishi mumkin. U har qanday raqibga qarshi favorit bo'ladi, chunki Bivol – Beterbiev juftligi bilan qolgan raqiblar o'rtasida juda katta tajriba va mahorat farqi bor.

Hatto WBC va WBA vaqtinchalik chempioni David Benavides ham Beterbievga qarshi jangda autsayder bo'ladi. CHunki u haddan tashqari reklama qilingan, ortiqcha baho berilgan bokschi bo'lib, texnik jihatdan imkoniyatlari cheklangan. U ham Beterbiev kabi bosim orqali jang qiladi, lekin uning zarbalari zaifroq va chidamkorligi butun jangga etadigan darajada emas. Bunday bokschilar Beterbiev uchun qulay – u ularni osonlikcha mag'lub etadi.



Balki to'g'ri yo'l – vazn toifasini o'zgartirishdir?

Boshqa bir variant – birinchi og'ir vaznga o'tish. Hozir bu vaznda ikki kamar Xilberto Ramiresga tegishli, uni Bivol 2022 yilda osonlikcha mag'lub etgan. Yana bir chempion – 41 yoshli Badu Jek, u esa bir necha marta mag'lubiyatga uchragan.

Beterbiev havaskor boksda -91 kg vaznda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Hozirgi kruzerveyt esa avvalgidan ancha zaif – bu erda asosan yarim og'ir vaznda chempion bo'la olmagan bokschilar jang qiladi. SHunday ekan, hatto 40 yoshda ham Beterbiev bu vaznda chempion bo'lish imkoniyatiga ega.


sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing