01 fev 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Turki Al ash-SHayx Kanelo va Krouford o'rtasidagi ehtimoliy revansh haqidagi savolga javo qaytardi
Saudiya Arabistonilik boks funkcioneri Turki Al ash-SHayx Saul Alvares bilan uzoq muddatli hamkorlik rejalari haqida gapirdi.
"Biz Kaneloni Riyadh Season bilan 1 yilgina emas, 5–7 yil hamkorlik qilishini istaymiz. Hozir muzokaralar olib boryapmiz, sentyabrda katta janglar tashkil etiladi. CHempionlik jangi bo'yicha anons beramiz.
2027 yilda yana bir katta jang rejalashtirilgan. Biz hamkorlikni davom etiramiz va umid qilamizki, uning xayrlashuv jangini Meksikada - yarim million muxlis qarshisida tashkil etamiz. CHunki Saul o'z xalqining qahramoni. SHundan so'ng balki Kanelo Meksika prezidentligi uchun kurashib ko'rar.
Umid qilamanki, uning hayoti yaxshi kechadi. Biz Kroufordni chaqirmaymiz. U nafaqaga chiqaversin. Endi u bizni qiziqtirmaydi", — dedi Turki Ready to Fight portaliga.

Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar