07 may 12:40
Yangiliklar

Turki Al ash-SHeyx: "Superog'ir vaznga qora tanli chempion kerak!"
Katta janglarni tashkil etayotgan SHeyxning fikricha, superog'ir vaznda kelib chiqishi afrikalik bo'lgan qora tanli bokschi kamarlardan biriga egalik qilsa, professional boks bundan faqat yutgan bo'lardi.
"Odatda men din va etiqod mavzusi, odamlarning irqi masalalarini chetlab o'taman. Lekin o'ylashimcha, agar superog'ir vaznda qora tanli chempion bo'lganida, bu divizion janglariga qiziqish yana ham ortib ketardi. O'tgan asrning 60-70 yillaridagi Muhammad Ali davri qaytishini xohlardim. O'sha paytda superog'ir vaznda bir vaqtnig o'zida 3-4 nafar afsonaviy bokschilar ringga chiqar edi. Hozir amerikalik iqtidorli yoshlar amerikacha futbol yoki basketbolni tanlayapti. Boks ular uchun so'nggi tanlov variantni bo'lib qolmoqda. Biz bu qarashni o'zgartirmoqchimiz", — dedi Al ash-SHeyx.
Fikrlar